Dushanba, 20.05.2024, 03:03 | Welcome Mehmon

WELCOME TO THE SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

ANDIJON PFC TARIXI

«ANDJON PROFESSIONAL FUTBOL» MChJ TARIXI
 
      Andjon shahrida futbol 1912 yilda tashkil etilgan. O`sha yillar mobaynida Turkiston chempionati musobaqalari o`tkazilmasdi. Shuning uchun shaharlar aro chempionat muntazam ravishda o`tkazilib kelgan.
 
Jamoaning dastlabki rasmy uchrashuvi 1912 yil “Skobolev” (hozirgi “Neftchi”) jamoasiga qarshi o`tkazilgan. O`sha uchrashuvda Farg`onaliklar 3:1 hisobida g`alaba erishgan.  Keyinchalik Andjonliklar Farg`onaliklarni o`z maydonlarida qabul qilgan va 3:2 hisobida zafar quchishgan.
 
1950 yilda ATD/Irmash zavodida A. M. Udodov taklifi bilan kuchli jamoa barpo etilib, jamoaga “Spartak” deb nom berildi. 1964 yili birinchi bor “Spartak” jamoasi RSFSR musobaqasining beshinchi zonasi “B” klassida eng kuchli bo`lgan “Ural” jamoasi bilan qatnashgan. Mavsum ohirida esa 17 jamoa o`rtasida 14-pog`onani band etgan.
 
1965 yili RSFSR 5-zonasida qatnashib, 20 jamoa orasida 13-o`rinni egallagan.
 
1966 yili 9-o`rin bilan kifoyalanagan bo`lsa, 1967 yili 14-o`rin bilan chempionatni yakunlagan.
 
Keyingi yillarda esa Andjon shahri jamoasi turli hil musoboqalarda ishtirok etib, bir nechta sovrinlarni qo`lga kiritgan.
 
1971 yildan boshlab jamoa Respublika musobaqalarida muntazam ravishda ishtirok etishni boshlagan.
 
1972 yili “Andjon” jamoasi O`zSSR chempionatida 2-o`rinni egallab, “A” klass ikkinchi ligasida qatnashish huquqini qo`lga kiritgan.
 
1973 yilda “Andjon” jamoasi “A” klassda 13-o`rin bilan kifoyalanishgan bo`lib, oradan bir yil o`tgach, ya’ni 1974 yili 14-pog`onaga tushib ketishgan.
 
1986 yildan boshlab jamoaga “Pahtakor” nomi berilib, O`zSSR chempionatida qatnashdi. Shu yili jamoa 8-o`rinni, 1987 yili 17-o`rinni va 1988 yili 13-o`rinni band etgan.
 
1989 yili jamoa nomi yana “Spartak” deb o`zgartirilgan holda chempionatni 12-o`rin bilan tamomlagan.
 
1990 yil mintaqaviy guruhda juda yahshi natijalarga erishib kelayotgan jamoa 1990 yil 2-may voqealaridan so`ng uy uchrashuvlarini raqib maydonlarida o`tkazishga majbur bo`ldi. Natijada jamoa barcha uchrashuvlarni boy berib, ohirgi o`rinni qo`lga kiritdi.
 
1991 yildan boshlab, jamoa “Navro`z” nomi bilan nomlana boshladi. Shu yili ikkinchi liga “A” klassida qatnashib, jamoa 13-o`rinni qo`lga kiritgan. Shu bilan birgalikda, jamoa “Pahtakor-79” hotira turnirida qatnashib, finalgacha etib kelishga muvaffaq bo`lgan. Finalda esa “Traktor” jamoasi ustun kelgan.
 
Mustaqillikdan so`ng, jamoa 1992-93 yillarda “Navro`z” jamoasi O`zbekiston chempionatining oliy ligasida 7-o`rinni qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ldi.
 
1994 yil jamoa 11-o`rinni, 1995 hamda 1996 yillarda 8-o`rinni egallagan.
 
1997 yil jamoaning nomi “Andjon” deb o`zgartirildi va shu yil 12-o`rinni egalladi.
 
1998 yili jamoa 10-o`rinni qo`lga kiritdi.
 
1999 yili jamoa o`z tarihi eng yuqori – 6-o`rin bilan chempionatni yakunladi.   
 
2000 yilda 8-o`rinni, 2001 yili 9-o`rinni, 2002 yili 10-o`rinni, 2003 yili 7-o`rinni qo`lga kiritishgan.
 
2004 yilda esa jamoa turnir jadvalini so`nggi pog`onasini band etib, birinchi ligaga ravona bo`lgan.
 
2005 yili jamoa yangi barpo etilib, unga “Andjon-UzDEU Avto” nomi berildi.  Birinchi ligadagi barcha uchrashuvlarni muvaffaqiyatli yakunlagan “Andjon-UzDEU Avto” jamoasi bir yillik tanaffusdan so`ng yana kuchlilar safida qatnashishni boshladi.
 
2006 yili oliy liga havosidan “nafas” olishni boshlagan jamoamiz birinchi davrani muvaffaqiyatli yakunlab, 5-o`rinni qo`lga kiritgan. Ammo, ikkinchi davrada birin-ketin mag`lubiyatlar jamoani 11-o`ringa tushirib yuborgan.
 
2007 yilda  yakuniga etgan chempionatni “Andjon-UzDEU Avto” jamoasi 10-pog`ona bilan yakunladi.
 

2008 yilning sentyabr oyida jamoaning nomi “Andjon professional futbol” MChJga aylantirildi va o`sha mavsumda jamoa O`zbekiston chempionatida muvaffaqijatli ishtirok etib, o`z tarihida eng yuqori bo`lgan pog`ona – 5-o`rinni qo`lga kiritdi.

 

 

“Andjon professional futbol”

 MChJ raisi:                                                                 Z. A. Zulunov
KIRISH FORMASI
SAYT BO`LIMLARI
PFL [19]O`zbek futboli [9]Jahon futboli [25]Maqolalar [4]
ANDIJON PFK YANGILIKLARI VA JAMOA HAQIDA MAQOLALAR
  • Xorazmda Andijon o'z muxlislarini xursand qila oladimi?.
  • Andijon-Xorazm. O'yin Urganchda bo'lib o'tadi.
  • Qayrat O'taboyev 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
  • Mash'al-Andijon 2:0. Hayr MAMATKAZIN, yohud kim-kimligini ko'rsatdi!!!
  • Maqsad sari olg'a!!!
  • Andijon-Bunyodkor 1:2
  • "NEFTCHI" - "ANDIJON" - 2:0 (1:0). Neftchi g'olib
  • NEFTCHI-ANDIJON o'yini oldidan atroflicha tahlil.
  • MINI-CHAT
    200
    SO`ROVNOMA
    Saytimiz .UZ domenida rasman ish olib borsa, bunga fikringiz.
    Всего ответов: 11
    IZLASH
    KALENDAR
    «  May 2024  »
    DuSeChorPayJumaShanYak
      12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728293031
    YANGILIKLAR ARXIVI
    STATISTIKA

    On-line bor yo`g`i: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0