=================================================================
Mash'al-Andijon kim-kim bo`lishini ko`rsatib beradi.
===========================
Bu o`zaro o`yin ikki jamoa uchun o`ta muhim, aniqrog`i jamoalar uchun ochko muhimdir. sababi har ikki jamoa turnir jadvalida juda past o`rinlarda borishmoqda. Andijon jamoasi mana 10-tur o`tibdiki 2 g`alaba 4 durang 4 mag`lubiyat 10 ochko, bilan turnir jadvalida 11-o`rinni band etib turibdi. Bu bilan Andijonni kuchsiz deyishimiz noto`g`ri, sababi jamoaga biroz omad (dardisar) degan narsa yetishmayapti holos. Agar shu tarafini inobatga olmasak, deyarli jamoa juda kuchli. Bunga bir emas naqd ikki misol keltirish mumkin. O`zbekiston gegemonlari bo`lmish Pahtakor, aniqrog`i Sher(Mushuk)lar bilan bo`lgan o`yin, ikkinchichisi esa Bunyodkor Qaldirg`och(bu nom o`zi aslida lochinlar desaham bo`laveradi) bilan bo`lgan o`yin. Birinchi o`yinda, ya’ni “sherlar” bilan bo`lib o`tgan bahsni hozir aytib bersam, hakamlar hafa bo`lib ketadi(agar kimda kim shu haqida bilgisi kesa shu saytda yozilgan hammasi). O`z-o`zidan ikkinchi o`yinga to`htalsak haqiqiy dromatik tarzda kechgan o`yin sal qolsa Chempion(bo`lajak), aynan Andijonda qoqilardi. Yana bir jihat aynan Bunyodkorchilar safarda bizni o`ziga hos uslub bilan chalgan Neftchi(Sarkisyan)jamoasini shunaqangi sharmanda qilgandilarki, o`z uylarida, (neftchi maydonida) biz esa ulardan farqli ravishda (Neftchidan) ancha tartibli, mazmunli va eng asosiysi juda kuchli o`yin ko`rsatdik.
Endi raqibimiz haqida gapiradigan bo`lsak, Mash’alchilar bu yil ochiqchasiga boshliqlar kasriga qolib ketishdi. Sababi ular o`tgan yili naqd 4-o`rinni band etib ancha shov-shuvli vaziyatni yuzaga keltirishgandi. Ularning boshliqlari almashishi jamoa uchun ancha qimmatga tushdi. Bilasiz agar boshliq almashsa ko`p narsalar ham almashadi. Bunga misol sifatida aynan Mash’alni o`zini keltirsak to`g`ri bo`ladi. Boshliq orqasidan ketgan murabbiy, futbolchilarni aytmaysizmi. Ha ancha achinarli holat to`g`risi bir jamoani “o`ldirib”, ikkinchisini ko`tarish, unchalik ma’qul ish emas. Mash’alni turnir jadvalidagi holati anchayin achinarli. 1 g`alaba, 2 durang va 7 mag`lubiyat, 16 o`rin. Bu o`rinni umuman havas qilib bo`lmaydi. Mana ko`rib turibsiz har ikki jamoaning holati ancha achinarli shunday ekan, har ikki jamoa uchun ochko suv va havodek zarur. Bu o`yinni qo`rqmasdan turning markaziy o`yini(Andijon o`ynajotgan o`yinlarning barchasi markaziy bo`lib borayapti) desa ham bo`laveradi. Bugungi o`yinda har ikkala jamoaga ham omad tilaymiz.
================================================================
(№7) Mana shu o`yinchidan ko`p narsa kutib qolamiz!
=================================================================
=================================================================
Shunday hujumlar qilishimiz lozim?!
=================================================================
Yusupov Murod tayyorladi.
|