Dushanba, 20.05.2024, 05:02 | Welcome Mehmon

WELCOME TO THE SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

Asosiy » 2009 » Iyun » 7 » "Xorazm" - "Andijon". Andijon o`z fanatlarini xursand qila oladimi?
"Xorazm" - "Andijon". Andijon o`z fanatlarini xursand qila oladimi?
17:58
      "Andijon" – "Xorazm" o`yini yo`g`e, "Xorazm-Andijon" o`yini ikkala jamoa uchun ham juda muhum o`yin bo`lishi kutilmoqda. Ayniqsa “Burgutlar” uchun. Sababi Andijonliklar o`z maydonida, (umuman ohirgi marta) (adashmasam 8-turda)  "Qizilqum" jamoasi ustidan g`alaba qozonganlaridan beri, hech ham g`alaba qozona olmadilar. Qizilqumdan so`ng, 9-turda Farg`onaga safar uyushtirgan Andijonliklar be’malol aytish mumkin-ki, adolatsizlik qurboniga aylandilar va mag`lubiyatga uchradilar 2:0. 10-turga kelib esa “Burgutlar” o`z maydonida amaldagi chempion va peshqadam "Bunyodkor"ni qabul qildilar. Ushbu uchrashuv be’malol aytish mumkin-ki, chempionatimizning eng qiziqarli va eng shiddatli, va yana eng adolatli  o`yinlaridan biri bo`ldi va ushbu o`yinda tajribaliroq bo`lgan "Qaldirg`och"lar (yanada aniqrog`i Rivaldo) g`alaba qozondi. 11-turga kelib esa "Andijon", 11 tur yakunlariga ko`ra turnir jadvalining ohirgi o`rnini egallab turgan jamoa "Mash’al" mehmoni bo`ldi. Ushbu o`yinda nafaqat butun Andijon xalqi, balki butun O`zbekiston futbol fanatlari  “Burgutlar”ning g`alabasiga ishongandilar. Lekin qandaydir chunarsiz va noma’lum sabablarga ko`ra, "Andijon" ushbu o`yinda naqd 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchradi va yana o`z muxlislarini hafa qildi (har doimgidek). Shunday qilib "Burgutlar" 12-tur oldidan turnir jadvalining 11-o`rnidan joy egallab turibdilar va "Burgut"lar 12-turda endi Xorazm shaxriga "ovga otlanadilar". 

           Andijondan farqli o`laroq, "Xorazm" mavsumni ancha yaxshi boshladi va chempionat avvalida kuchli 5 likda ketayotgandi, ushbu “parvozlardan” so`ng, hattoki, jamoani, muxlislar, ushbu mavsumda Germaniya chempionatini 1-davrasini 1-o`rinda yakunlagan “Xoffenxaym” jamoasiga tenglashtirayotgandilar. Lekin chempionat o`rtalariga kelib jamoa “qulash”ni boshladi va hozirgi kunga kelib Xorazm turnir jadvalining 7-o`rnini egallab turibdi va 12-turda jamoa "Andijon"ga mag`lub bo`lsa, 10-o`ringa tushib ketishi ham mumkin. Shunday bo`lsada, 7-o`rin, hozircha debyutant uchun ancha qoniqarli natija desa ham bo`laveradi. "Xorazm"ning ohirgi g`alabasi oldingi, 11-turdan so`ng qayd etildi va ushbu uchrashuvda "Xorazm" "Buxoro"ni o`z mayodnida kichik 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Bungacha esa 8-turda "Xorazm" chempionatni ancha ko`tarinki ruhda o`tkazayotgan, "Lokomativ"ga qarshi Toshkentda maydonga tushdi  va 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchradi. 9-turda esa "Xorazm"liklar o`z maydonida Olmaliqlik “konchilar”ni qabul qildilar va kutiilmaganda, ha kutilmaganda, durang natija 1:1 hisobini qayd etdilar. 10 turda esa ular "Sho`rtan" jamoasi maydoniga safar uyushtirdilar va G`uzordan ortlariga  mag`lubiyatga uchragan holda qaytdilar. Endi esa 12-turga kelib ular bor-kuch imkoniyatlari va mahoratlarini ishga solishlari tayin, sababi Urganchga Andijon “Burgutlar”i “och” holda tashrif buyuradilar.

           P.S: Xorazm Andijon uchrashuvi o`zi aslida Andijon jamoasi maydonida o`tkazilishi kerak edi. Lekin ushbu o`yin Xorazm jamoasi rahbarlari iltimosi va Andijon rahbarlari roziligi bilan Urganchda bo`lib o`tadigan bo`ldi.

               
Ushbu o`yinda jamoalardan chiroyli va halol o`yin kutib qolamiz.
=================================================================

   
 
 ISHONISHDA DAVOM ETAMIZ, ANDIJONLIKLAR!!!

=================================================================
Toifa: PFL | Ko`rildi: 3019 | Ma'lumotni joyladi: fanat_fcandijon | Reyting: 5.0/1 |
Всего комментариев: 10
+1  
10 erkinjon kuvvatov   (09.06.2009 21:59) [Материал]
Andijon vpered

+1  
9 zlatan   (09.06.2009 17:55) [Материал]
bizga ibragimovichlar kerak emas. bizga shahrim deb jon kuydiradigan futbolchilar kerak.
Futbolchilarni yutqazishga haqqilari qolmadi o'zi! ozgina uyat or bo'lishi kerak

+1  
8 Рибери   (09.06.2009 16:57) [Материал]
Сколари бунедкорга тренер бупти.

0  
7 Batty_kuyov_bola!   (09.06.2009 15:18) [Материал]
Bollar men Sahalindagi Azizbekman. Hudo hohlasa yutamiz.

0  
6 Batty_kuyov_bola!   (09.06.2009 15:17) [Материал]
Anjan omad senga!

0  
5 korealik andijon fanati   (07.06.2009 21:43) [Материал]
andijon galaba kutib kolamiz fakat

+1  
4 Boy_from_Andizhan   (07.06.2009 20:44) [Материал]
Darhaqiqat biz ishonishda davom etamiz. Hudo hohlasa albatta g'alaba bilan qaytamiz...

0  
3 boburchik   (07.06.2009 20:32) [Материал]
Andijon bu gal ham sir bosmasaydi! Lekin buni vaqt ko'rsatadi! Nima bo'lasa ham biz ularga ishonamiz!

-1  
2 Anjonli   (07.06.2009 19:32) [Материал]
Anjaaan biz ham huddi o'zbekiston termani holiga tushib qoldikmi faqat mag'lubiyat bizda ham quyosh chiqarmikan!!!

0  
1 fanat_fcandijon   (07.06.2009 18:20) [Материал]
Ha ishonishda davom etamiz va umid qilamiz! biggrin

Vpeeered Anjan!!!


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
KIRISH FORMASI
SAYT BO`LIMLARI
PFL [19] O`zbek futboli [9] Jahon futboli [25] Maqolalar [4]
ANDIJON PFK YANGILIKLARI VA JAMOA HAQIDA MAQOLALAR
  • Xorazmda Andijon o'z muxlislarini xursand qila oladimi?.
  • Andijon-Xorazm. O'yin Urganchda bo'lib o'tadi.
  • Qayrat O'taboyev 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
  • Mash'al-Andijon 2:0. Hayr MAMATKAZIN, yohud kim-kimligini ko'rsatdi!!!
  • Maqsad sari olg'a!!!
  • Andijon-Bunyodkor 1:2
  • "NEFTCHI" - "ANDIJON" - 2:0 (1:0). Neftchi g'olib
  • NEFTCHI-ANDIJON o'yini oldidan atroflicha tahlil.
  • MINI-CHAT
    200
    SO`ROVNOMA
    Saytimiz .UZ domenida rasman ish olib borsa, bunga fikringiz.
    Всего ответов: 11
    IZLASH
    KALENDAR
    «  Iyun 2009  »
    DuSeChorPayJumaShanYak
    1234567
    891011121314
    15161718192021
    22232425262728
    2930
    YANGILIKLAR ARXIVI
    STATISTIKA

    On-line bor yo`g`i: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0