"Andijon" – "Xorazm" o`yini yo`g`e, "Xorazm-Andijon" o`yini ikkala jamoa uchun ham juda muhum o`yin bo`lishi kutilmoqda. Ayniqsa “Burgutlar” uchun. Sababi Andijonliklar o`z maydonida, (umuman ohirgi marta) (adashmasam 8-turda) "Qizilqum" jamoasi ustidan g`alaba qozonganlaridan beri, hech ham g`alaba qozona olmadilar. Qizilqumdan so`ng, 9-turda Farg`onaga safar uyushtirgan Andijonliklar be’malol aytish mumkin-ki, adolatsizlik qurboniga aylandilar va mag`lubiyatga uchradilar 2:0. 10-turga kelib esa “Burgutlar” o`z maydonida amaldagi chempion va peshqadam "Bunyodkor"ni qabul qildilar. Ushbu uchrashuv be’malol aytish mumkin-ki, chempionatimizning eng qiziqarli va eng shiddatli, va yana eng adolatli o`yinlaridan biri bo`ldi va ushbu o`yinda tajribaliroq bo`lgan "Qaldirg`och"lar (yanada aniqrog`i Rivaldo) g`alaba qozondi. 11-turga kelib esa "Andijon", 11 tur yakunlariga ko`ra turnir jadvalining ohirgi o`rnini egallab turgan jamoa "Mash’al" mehmoni bo`ldi. Ushbu o`yinda nafaqat butun Andijon xalqi, balki butun O`zbekiston futbol fanatlari “Burgutlar”ning g`alabasiga ishongandilar. Lekin qandaydir chunarsiz va noma’lum sabablarga ko`ra, "Andijon" ushbu o`yinda naqd 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchradi va yana o`z muxlislarini hafa qildi (har doimgidek). Shunday qilib "Burgutlar" 12-tur oldidan turnir jadvalining 11-o`rnidan joy egallab turibdilar va "Burgut"lar 12-turda endi Xorazm shaxriga "ovga otlanadilar".
Andijondan farqli o`laroq, "Xorazm" mavsumni ancha yaxshi boshladi va chempionat avvalida kuchli 5 likda ketayotgandi, ushbu “parvozlardan” so`ng, hattoki, jamoani, muxlislar, ushbu mavsumda Germaniya chempionatini 1-davrasini 1-o`rinda yakunlagan “Xoffenxaym” jamoasiga tenglashtirayotgandilar. Lekin chempionat o`rtalariga kelib jamoa “qulash”ni boshladi va hozirgi kunga kelib Xorazm turnir jadvalining 7-o`rnini egallab turibdi va 12-turda jamoa "Andijon"ga mag`lub bo`lsa, 10-o`ringa tushib ketishi ham mumkin. Shunday bo`lsada, 7-o`rin, hozircha debyutant uchun ancha qoniqarli natija desa ham bo`laveradi. "Xorazm"ning ohirgi g`alabasi oldingi, 11-turdan so`ng qayd etildi va ushbu uchrashuvda "Xorazm" "Buxoro"ni o`z mayodnida kichik 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Bungacha esa 8-turda "Xorazm" chempionatni ancha ko`tarinki ruhda o`tkazayotgan, "Lokomativ"ga qarshi Toshkentda maydonga tushdi va 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchradi. 9-turda esa "Xorazm"liklar o`z maydonida Olmaliqlik “konchilar”ni qabul qildilar va kutiilmaganda, ha kutilmaganda, durang natija 1:1 hisobini qayd etdilar. 10 turda esa ular "Sho`rtan" jamoasi maydoniga safar uyushtirdilar va G`uzordan ortlariga mag`lubiyatga uchragan holda qaytdilar. Endi esa 12-turga kelib ular bor-kuch imkoniyatlari va mahoratlarini ishga solishlari tayin, sababi Urganchga Andijon “Burgutlar”i “och” holda tashrif buyuradilar.
P.S: Xorazm Andijon uchrashuvi o`zi aslida Andijon jamoasi maydonida o`tkazilishi kerak edi. Lekin ushbu o`yin Xorazm jamoasi rahbarlari iltimosi va Andijon rahbarlari roziligi bilan Urganchda bo`lib o`tadigan bo`ldi.
Ushbu o`yinda jamoalardan chiroyli va halol o`yin kutib qolamiz. =================================================================
ISHONISHDA DAVOM ETAMIZ, ANDIJONLIKLAR!!!
=================================================================
|