Dushanba, 20.05.2024, 01:44 | Welcome Mehmon

WELCOME TO THE SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

Asosiy » 2009 » May » 9 » "NEFTCHI" - "ANDIJON" - 2:0 (1:0). Neftchi g`olib
"NEFTCHI" - "ANDIJON" - 2:0 (1:0). Neftchi g`olib
19:00
     


2-0
 
    Ushbu uchrashuv juda katta qiziqish bilan kutilayotgandi. Sababi jamoalar turnir jadavalida yonma-yon ketayotgandilar. Yutgan jamoa esa o`z-o`zidan 6-o`ringa ko`tarilib olar edi. Uchrashuvga qiziqish katta bo`lganini Anijondan tashrif buyurgan muxlislar soni jihatidan ham bilib olish mumkin. Shu kuni Farg`onaga Andijondan 10 minga yaqin muxlis tashrif buyurdi. O`yin ham o`z navbatida ancha murosasiz o`tdi.

            O`yinga bevosita to`htaladigan bo`lsak, uchrashuv Andijonliklarni hujumlari bilan boshlandi. Ilk daqiqalardayoq Andijon jamoasi bugun hujumkor o`yin namoyish etishini va Neftchiga qiyin bo`lishini o`z hujumlari bilan isbotlab qo`ydi. Neftchi esa qarshi hujumlarni birida aniqrog`i 15-daqiqada uyushtirilgan qarshi hujumdan so`ng hisobni ochdi. Gol muallifi A.Berdiyev. O`sha vaziyatda Andijon himosayida palapartishlik yuzaga keldi va natijada avvaliga A.Holiqov Andijon darvozasi tomon zarba yo`lladi. Darvozabon I.Mixaylov esa to`pni qiyinchilk bilan qaytarib yubordi. Qaytgan to`pga esa birinchi bo`lib A.Berdiyev yetib kelib aniq zarba bilan to`pni darvozaga joylab qo`ydi 1:0. Shunda so`ng Andijonliklar ham qarab turganlari yo`q. Ular birin ketin havfli hujumlar uyushtirdilar. Shu hujumlarning birida ya’ni 33-daqiqada V.Klishin Neftchi darvozasini ishg`ol etdi biroq bu vaziyatda hakam Klishin offsaydda  qolganini bildiirb golni hisobga olmadi. Yana bir e’tiborga molik jihat: gol inobatga olinmagan holatda bosh hakam golni avvaliga hisobga olib maydon markazini ko`rsatdi lekin birdan yon hakamni ko`rib qolib golni bekor qildi.         Ana shundan keyin muxlislarning tartibsizliklari natijasida o`yin 10-15 daqiqaga to`htatildi. Tartibsizliklardan so`ng o`yinga hakam 4 daqiqa qo`shib berdi. Shunday qilib 1-bo`lim 35 daqiqa davom etdi xolos.

    2-bo`limda esa Andijon futbolchilari tabiiyki hujumga zo`r berishdi. Lekin ha deganda Andijonliklar gol urishavermagach Neftchi futbolchilari hisobni 2:0ga yetkazib qo`yishdi. 53-daqiqada burchak to`pini amalga oshirgan Neftchi futbolchilari, aniqrog`i Vladimir Ratkeyevich boshi bilan  Andijon darvozasini ishg`ol etdi. Bundan bu yog`iga Andijonliklar ham taqdirga tan berishdi. Neftchi ham 2:0 dan so`ng hotirjam harakat qildi.

    Natijada Farg`onaliklar qiyinchilik bilan bo`lsada g`alabaga erishdilar…      


    Yana bir qiziq fakt:

   Hakamlarga qo`yilgan baholar: V.Seytlin- 9,2. A.Rasulov - 9,0. M.Saidqosimov-9,1

Nazoratchi hakam: A.Abdullayev


P.S. Ushbu o`yin yuzasidan xulosa chiqarishni o`yinni va boshqa ayrim holatlarni  bevosita Fag`onadagi stadionda va  Farg`onadan Andijonga qaytishda o`z ko`zlari bilan  ko`rgan muxlislar ixtiyoriga qoldiramiz…  

 
Toifa: PFL | Ko`rildi: 1788 | Ma'lumotni joyladi: fanat_fcandijon | Reyting: 0.0/0 |
Всего комментариев: 6
0  
6 Erkin8080   (21.05.2009 13:59) [Материал]
Neftchi erkakcha yutganmi aytilar odamlar

0  
5 Erkin8080   (21.05.2009 13:58) [Материал]
Neftchi pozor

0  
4 fanat_fcandijon   (13.05.2009 21:46) [Материал]
E'tiborga moplik jihat: O`sha kuni Andijon mashinalari turgan stoyankada, stoyanka qorovuli 1700 ga yaqin mashina hisoblagan!!! Ulardan 90% damas avtomobili bo`lgan. Endi o`ylab va hisoblab qo`yavering! Damasga 8 tadan odam sig`sa...

Lekin juda adolatsiz o`yin bo`ldi!!! E Andijonni ashi kuni ko`rsatgan o`yini bilan fahrlanaman!!! Ayniqsa 1-taymdagi o`yini. Neftchini o`zini iniga qamab qo`yudi-ya!!! Lekin hakamlar sindirishdi yomon sindirishdi!!!

O`yindan so`ng qaytsihdagi voqealarni bormagan odamga ko`rmagan odamga aysam iwonmedi!!! Farg`onaliklar "zo`r mehmondo`st" ekanlar!!! Thank's Farg`ona!!! Andijonga kesela, biz ham rosa "MEHMON" qilamiz!!! Hudo hohlaasa!!!


0  
3 GHOST   (12.05.2009 20:39) [Материал]
Bu gaplarga qo`shilaman, ammo, bugaplar chala. Chunki, bu aniq va faqat aniq toza gol edi. lekin adolarsizlik yuzaga keldi.

0  
2 Muzaffar   (12.05.2009 08:22) [Материал]
Ома мехмонлар зуракан хамасидан манга уша ёкди Стадион шахар хеч кайсиниси ёкмади футболчилар айтишарди роса мехмон дуст экан деб мен унчалик ахамият бермасдим мана уша куни хамасини курдим мехмонларни Нефтчи мухлислари Андижонликларни росса мехмон килишди. Рахмат Фаргона

0  
1 Asaka   (12.05.2009 07:58) [Материал]
Rossiyada bolsam ham stadiondan turib oyinni tomosha qilgandek va oyin tugagach Fargonadan Asakagacha birovga gapirmey kelgandek boldim. Vavshe kayfiyat upal.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
KIRISH FORMASI
SAYT BO`LIMLARI
PFL [19] O`zbek futboli [9] Jahon futboli [25] Maqolalar [4]
ANDIJON PFK YANGILIKLARI VA JAMOA HAQIDA MAQOLALAR
  • Xorazmda Andijon o'z muxlislarini xursand qila oladimi?.
  • Andijon-Xorazm. O'yin Urganchda bo'lib o'tadi.
  • Qayrat O'taboyev 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
  • Mash'al-Andijon 2:0. Hayr MAMATKAZIN, yohud kim-kimligini ko'rsatdi!!!
  • Maqsad sari olg'a!!!
  • Andijon-Bunyodkor 1:2
  • "NEFTCHI" - "ANDIJON" - 2:0 (1:0). Neftchi g'olib
  • NEFTCHI-ANDIJON o'yini oldidan atroflicha tahlil.
  • MINI-CHAT
    200
    SO`ROVNOMA
    Saytimiz .UZ domenida rasman ish olib borsa, bunga fikringiz.
    Всего ответов: 11
    IZLASH
    KALENDAR
    «  May 2009  »
    DuSeChorPayJumaShanYak
        123
    45678910
    11121314151617
    18192021222324
    25262728293031
    YANGILIKLAR ARXIVI
    STATISTIKA

    On-line bor yo`g`i: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0