Dushanba, 20.05.2024, 05:34 | Welcome Mehmon

WELCOME TO THE SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

Asosiy » 2009 » May » 15 » Andijon-Bunyodkor 1:2
Andijon-Bunyodkor 1:2
10:46
Mard bo`lish Andijonliklarga hos. Bu kecha tan olindi!!!!
 
Tan olaylik bu kecha bizning kecha emas ekan. Ha, aynan bizniki emas, sababi Bunyodkor bizning jamoamiz ustidan juda katta qiyinchilik bilan g`alaba qozondi. Ko`p hollarda, juda ko`p tortishuvlarga sabab bo`layotgan 3-shaxslar bu safar 100% ayta olamanki o`yinning natijasiga ta’sir o`tkazishmadi. To`g`ri bu gapim bilan hakamlar hato qilishmadi demadim, hatolar bo`ldi lekin bu haqida keyinroq maqolamizni to`liq mutolaa qilsangiz tushunib olasizlar. O`yinning dastlabki daqiqalarida kutilganidek Qaldirg`ochlar vaziyatni to`liq o`z nazoratlari ostiga olishdi. O`yining 7-daqiqasiga kelib burchakdan, Rivaldo to`pni ajoyib tarzda Gochkuliyevga yetkazib va Gochkuliyev ajoyib tarzda bosh bilan zarba berdi, biroq to`p biroz noaniq ketdi. Oradan hech qancha vaqt o`tmasdan yana o`sha tinib tinchimas Rivaldo uzoqdan kuchli zarba berdi. Bu safar esa I.Mihaylov o`zini ko`rsatdi. Hisob 0:0 o`zgarmadi! Birinchi bo`lim o`rtalariga kelib yomg`ir shunaqangi tezlashib ketdiki, asti qo`yaverasiz. Lekin bu yomg`ir o`yin tezligiga umuman ta’sir qilmadi. Birinchi bo`limning eng havfli vaziyati Andijonliklar tarafidan amalga oshirildi. Mirzakamol jarima maydonchasiga kirib kirmas zarba berdi. To`p himoyachilarga tegib biroz yo`nalishni o`zgartirdi. To`p esa to`ppa-to`g`ri o`yinni ajoyib tarzda o`tkazgan gruzin o`g`loni Levanga kelib tushdi va u kuchli zarb bilan to`pni darvoza tomon aniq yo`lladi. Biroq darvozabon o`zini kursatdi Murodning omadi chopti. Bo`lim ohiriga kelib bir qator vaziyatlar bo`ldi. Andijon jamoasida ham Bunyodkor jamoasida ham lekin har ikkala jamoa a’zolarida biroz aniqlik yetishmadi. Shu asnosida 1-bo`lim yakunlandi va hakam futbolchilarni tanaffusga taklif etdi.
2-bo`lim. Ha bu bo`lim bizni biroz bo`lsada hursandchilikda ushlab turgan bo`lim bo`lib qoldi. 2-bo`lm ham Qaldirg`ochlar tashabbusi bilan boshlandi. Biroq baribir Andijon o`z so`zini aytdi. Andijonliklar 62-daqiqaga kelib burchak to`pi tepish imkonini qo`lga kiritdilar va Shuhrat Mirholdirshoyev o`z so`zini aytdi. Burchakdan to`pni o`yinga kiritilgandan so`ng aynan Shuhrat-Levan kombinatsiyasidan so`ng Mirxoldirshoyev o`tkir burchakdan Murodjonning darvozasi(uyi)ga to`pni mixlab qo`ydi. Ahamyatlisi shu ediki Namanganlik bola, Andijon tarixiga kirdi. Sababi bu gol o`zaro shu bugungacha bo`lib o`tgan barcha uchrashuvlarda Bunyodkor darvozasiga kiritilgan birinchi gol edi. O`tgan barcha uchrashuvlarda Andijonliklar biror marta Qaldirgochlar darvozasi(uyi)ga to`p kirita olmagandilar. Aynan uning goli evaziga Andijon tarixda birinchi marta Bunyodkor darvozasini zabt etdi. Andijonliklarning hursandchiliklari uzoqqa cho`zilmadi va oradan 10-daqiqa o`tib O`zbek jamoalari kushandasiga aylanib borayotgan Braziliyalik jahon darajasidagi yulduz Rivaldo uch marotaba aldamchi haraktlardan so`ng hisobni tenglashtirdi va u to`p urar peshqadamlar qatoridagi o`rnini saqlab qoldi. Oradan 3 daqiqa o`tar o`tmas yana Bunyodkor vakillari gol urdilar. Gol muallifi Anvar(tilla tayoqcha)jon hisobni oshirib o`zining mavsumdagi 5-golini nishonladi va hisob 2:1 ga yetdi. Qolgan vaziyatlarda esa Andijon jamoasi hisobni tenglashtirish maqsadida oldinga o`tdi. Lekin ikkinchi bo`limdagi noto`g`ri o`yinchi almashtirilishlari tufayli raqibga markaz topshirildi va Rivaldo hohlaganicha, hohlagan joyida o`ynadi. Aynan o`yinga katta ta’sir ko`rsatgan o`yinchi o`zgartirilishi sifatida Asqar Jadigerovni o`rniga Viktor Klishin maydonga tushirilgan bo`ldi. Bu o`zgartirishga to`grisi tushuna olmadim, sababi yutganlar almashtirilmaydi deyishadi. Birinchi bo`limda tan olib aytish kerakki (Bunyodkor muhlislari) Asqar Rivaldoga umuman o`yin bermadi. Mana endi maqolani boshida aytilgan gapga qaytamiz. Maqolani boshida aytib o`tganimdek hakam o`yinga deyarli halaqit bermadi. Lekin shu asnosida aytib o`tish joizki, o`yinning qo`shib berilgan daqiqalarida o`yinchilar bir-birlari bilan chiqisha olishmadi. Ya’ni Server Japarov va Ibrohim Otahonov o`z ehtiroslarini jilovlay olishmadi natijada «Karate» uslubida mushtlashib ketishdi va aynan shu vaziyatda hakam Otahonovdan ko`ra Server Jeparovni ayadi. Sababi har ikki futbolchi bir birlariga hurmatsizlik qilishdi u ham yetmagandek 20000 ta muhlis qarshisida hammaga o`rnak bo`lish o`rniga o`z shaxsiy munosabatlarini hal qila ketishdi. Shundan so`ng uchrashuvda hech qanday voqea sodir bo`lmadi sababi hakam allaqachon o`yin tugagani haqidagi xushtakni chalib bo`lgandi… Shunday qilib Andijon jamoasi o`z maydonida Bunyodkordan alamli mag`lubiyatga uchrab, turnir jadvalidagi o`z holatni yanada yomonlashtirib oldilar.

“ANDIJON” – “Bunyodkor” 1:2 (0:0)

Gollar: Mirholdirshoyev 62 (1:0), Rivaldo 66 (1:1), Soliev 67 (1:2)

Ogohlantirishlar: Mihaylov 27, Jadigerov 29, Otahonov 90+3, Jeparov 90+3

“Andijon” (Andijon): Mihaylov, Isayev, O`taboyev, Davletov, Jadigerov (Klishin 50), Kamolov, Zamsiashvili, Isroilov, Shorahmedov, Mirholdirshoyev (Otahonov 70), Mdivnishvili (Tursunov 75)

“Bunyodkor” (Toshkent): Zuhurov, Jo`rayev, Gochkuliyev (Kapadze 59), Luizao, G`ofurov, Viktor, Hasanov, Ramos, Jeparov, Rivaldo (Haydarov 88), Vil’yanueva (Soliyev 59)

Hakamlar: M.Ismoilov (Toshkent) 9,0. R.Gapurov 8,8, F.Hasanov 8,8. A.Bekchintoyev 9,0 (barchasi - Namangan)

Nazoratchi: I.Nurmatov (Qo`qon)

14 may. Andijon. “Sog`lom avlod” stadioni. 20 222 muxlis.
=================================================================

Andijon-Bunyodkor o`yiniga shuncha muxlis tashrif buyurdi

=================================================================
=================================================================




 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Andijon-Bunyodkor o`yinidan farqli ravishda Nefcthi Bunyodkordan ancha
kuchsiz ko`ringan ekan!!!
=================================================================

Yusupov Murod tayyorladi. 

Toifa: PFL | Ko`rildi: 2479 | Ma'lumotni joyladi: fanat_fcandijon | Reyting: 5.0/1 |
Всего комментариев: 6
0  
6 Komronbek Andijoniy   (19.05.2009 11:45) [Материал]
Ha andijon futbolchilariga gap yo`q o`z komandasi va o`z muhlislarini hursand qilishga harakat qilishdi va qaysidir ma`noda bunga erishdi ham. Lekin shuni aytishni lozim topdimki "ANDIJON"ning yana o`sha ojiz tarafi o`yinchi almashtirishdagi xatosi ''ish ko`rsatti'' bu albatta murabbiy Orif Mamatkazinning xatosi. Orif aka esa bu xatosini Asqarning kichik jarohati va doktorlarga qilgan murojatini vaj qilmoqda. Nima ham derdik chiqmagan jondan umid.

"ANDIJON"ga omad tilab
Komronbek Andijoniy

0  
5 FCanjan_fanati   (17.05.2009 09:53) [Материал]
oyin dahshat maza qildim oma daje tursiklar ham uyib ketdi no shunga yarasha oyin boldi 1-goldan keyin 6 minut hayotni eng gozal davrlarini his qilib yashadim qani endi himyamiz turib bersa deb nola qilib turdim ammo Bunik kuchli edi fanatlarga gap yoq hammaga omad!!

0  
4 Asaka   (16.05.2009 05:22) [Материал]
Bopti Mamatkazinni almashtirmasin unga sal malakaliroq yordamchi murabbiy olishsin nima dedilar?

0  
3 Asaka   (16.05.2009 05:20) [Материал]
Hali hammasi oldinda hudo hohlasa bu yil nima qilib bolsa ham 3-orinni olamiz. OLGA ANDIJON!

0  
2 fanat_fcandijon   (15.05.2009 12:55) [Материал]
ORIF AKANI ALMASHTIRISH KERE BO`LGANDA DAVNO OP TASHASH KERE EDI. HOZIR FOYDASIDAN ZARARI KO`P. SABABI YANGI KELGAN MURABBIY 2-3 TUR JAMOA USTIDA TAJRIBA O`TKAZADI... NIMA 2-3 TURDAN SO`NG YANA MURABBIY ALMASHADIMI? ORIFA AKAGA 1-DAVRA TUGAGUNGA QADAR SHANS BERISH KERE QOLGAN 5 TA O`YINNI YUTISH SHARTI BILAN!!! UNDAN SO`NG O`YLAB KO`RISH KERE, NATIJALARGA QARAB... HOZIR FOYDASI YO`Q MUARBBIY ALISHTIRISHNI!!! UNDAN KO`RA KEYINGI O`YINLARGA TAYYORGARLIKNI BOSHLAB YUBORISH KERE, KO`RDILAR HAMMASI CHESTNI BO`LSA LUBOYINI YUTSAK BO`LAR EKAN!!! LEKIN KECHA BUNIK TAJRIBALIROQ EKAN, ANIQROG`I RIVALDO!!!

0  
1 miller_uz   (15.05.2009 11:25) [Материал]
Xudo hohlasa bowqa komandalarni paypoq qilp tashmiz

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
KIRISH FORMASI
SAYT BO`LIMLARI
PFL [19] O`zbek futboli [9] Jahon futboli [25] Maqolalar [4]
ANDIJON PFK YANGILIKLARI VA JAMOA HAQIDA MAQOLALAR
  • Xorazmda Andijon o'z muxlislarini xursand qila oladimi?.
  • Andijon-Xorazm. O'yin Urganchda bo'lib o'tadi.
  • Qayrat O'taboyev 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
  • Mash'al-Andijon 2:0. Hayr MAMATKAZIN, yohud kim-kimligini ko'rsatdi!!!
  • Maqsad sari olg'a!!!
  • Andijon-Bunyodkor 1:2
  • "NEFTCHI" - "ANDIJON" - 2:0 (1:0). Neftchi g'olib
  • NEFTCHI-ANDIJON o'yini oldidan atroflicha tahlil.
  • MINI-CHAT
    200
    SO`ROVNOMA
    Saytimiz .UZ domenida rasman ish olib borsa, bunga fikringiz.
    Всего ответов: 11
    IZLASH
    KALENDAR
    «  May 2009  »
    DuSeChorPayJumaShanYak
        123
    45678910
    11121314151617
    18192021222324
    25262728293031
    YANGILIKLAR ARXIVI
    STATISTIKA

    On-line bor yo`g`i: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0