Dushanba, 20.05.2024, 05:02 | Welcome Mehmon

WELCOME TO THE SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

Asosiy » 2009 » May » 8 » NEFTCHI-ANDIJON o`yini oldidan atroflicha tahlil.
NEFTCHI-ANDIJON o`yini oldidan atroflicha tahlil.
23:44
       Bu o`yin haqida gapiradigan bo`lsak shunaqangi ahamiyatliki, hatto bir vaqtning o`zida Bunyodkor va Pahtakor o`ynasa butun vodiy, Toshkent derbisi qolib, vodiy derbisiga intiladi, hattoki voha ham. Sababi ular durang ko`rish uchun emas balki haqiqiy o`yin tomosha qilish uchun tashrif buyurishadi. To`g`ri ba’zida ikki jamoa o`rtasidagi o`yinlarda biroz boshqacha bo`lgan bo`lishi mumkin, lekin tan olaylik kelayotgan Yakshanba kungisi boshqacha bo`ladi. Ushbu o`yinda yana bir tamon bor, “3-shahs”lar. Ha aynan o`shalarni esingizda bo`lsa, o`tgan yilgi mavsumda ko`rganmiz!!! Andijonni bu “3-shahs”lar ya’ni hakamlar qanday qiyin ahvolga solishganini.          
       O`yindan oldin qisqacha tarkiblarga va bir qator holatlarga nazar solsak.  O.Mamatkazin shogirdlari tahminan bunday tarkib bilan harakat qilishi mumkin. Darvozabon: I.Mihaylov Himoyachilar: K.O`taboyev, F.Davletov, A.Uzoqov, Z,Zamsiashvili yoki (A.Isayev) Yarim himoyada: A.Jadigerov, M.Kamolov, A.Shorahmedov yoki (Z,Zamsashvili) Hujumchilar: L.Mdvinishvili, V.Klishin, Sh.Mirholdorshoyev. To`g`ri bu tarkib ancha jangovor bo`lishi mumkin lekin futbolda bir narsa bor, ya’ni, yutganlar almashtirilmaydi.
       Demak bizningcha shunday. O`yinchilarga to`htaladigan bo`lsak Igor Qizilqum va Dinamo bilan o`yinda deyarli be hato o`ynadi qo`rqmasdan posbonlikni unga topshirsa ham bo`ladi. Qayrat O`taboyev biror jarohat olmasa  aniq, asosiy tarkibda o`ynashi. Fevzi Davletovga gap yo`q. U mana 8-tur o`tibdi hamki himoyadagi asosiy figuralardan biriga aylanib ulgurgan. Eng asosiysi u juda tajribali. Bunday o`yinlarda tajriba juda qo`l keladi. A.Uzokov haqida ham bir qancha iliq fikrlar aytish mumkin. Lekin biror nima deyish qiyin. Uning maydonga tushish tushmasligi haqida deyish qiyin. Zurabga kelsak u yo yarim himoyada yoki markaziy himoyada o`ynasa kerak. Ko`proq yarim himoyada o`ynasa kerak. Sababi u Qizilkum bilan bo`lgan uchrashuvda himoyada biroz hatoliklarga yo`l qo`ydi va uning joyi markaz ekanligi yaqqol ko`zga tashlanib qoldi. Har qalay Orif Mamatkazin tavakkal qilmasalar kerak. Agar Zura markaziy himoyada o`ynamasa ushbu pozitsiyada Azamat Isayevni o`ynash ehtimoli juda katta. Yarim himoyada esa Andijon jamoasini motori hisoblanmish Askar Jadigerov o`ynashiga shubha yo`q. Sababi u barcha o`yinlarda birinchi raqam ostida o`yin ko`rsatib, haqiqiy ma’noda jamoa yetakchisi degan nomga sazovor bo`lgan. Yana bir iste’dodli yarim himoyachi Pahtakor jamosidan ijaraga olingan va deyarli Andijon muhlislari yoqimtoyiga aylanib ulgurgan, ajoyib o`ng qanot yarim himoyachisi, Mirzakamolni asosiy tarkibda ko`rishimizga shak shubha yo`q. A.Shorahmedov haqida bir qator jo`yali fikrlar bildirish mumkin. U asosan raqib hujimini buzish bilan shugullanadi ya’ni qora ishlar bilan. Demak uni ham asosiy tarkibda ko`ramiz desak bo`laveradi. Agar murabbiyni fikri o`zgarsa A.Isaevni Zurab Zamsiashvili bilan o`zgartirsa unda Shorahmedov zahirada qoldirilishi mumkin.

Mana endi Andijoning eng kuchli nuqtasi bo`lmish hujum.(!) Ha bu yil hujum chizig`ida bir qator tajribali, mahoratli o`yinchilar yig`ilganlar. Shulardan sara uchtasini aytib o`tishimiz mumkin. Levan Mdivnishvili menimcha hech qanday e’tirozlarsiz asosiy tarkibga qo`yilsa kerak, chunki u har qanday joyda va har qanday holatda darvozaga havf sola oladigan hujumchilar toifasidan sanaladi. Viktor Klishin! U ham Levandan ko`p joyi bo`lsa bordir lekin kam joyi yo`q. O`zingiz guvohi bo`lgan bo`lsangiz kerak, u Qizilqum bilan bo`lgan o`yinda ajoyib tarzda, chamasi 17-19 metrlardan super zarba yo`llagandi va hisobni ochib bergandi. Demak Viktorni ham asosiy tarkibda ko`rsak bo`ladi. Shuhrat Mirholdirshoyev bu o`yinchi o`zini o`yinini endi-endi topib borayapti. U Dinamo bilan bo`lgan o`yinda Andijonga muhim ochko keltirib mag`lubiyatdan qutqarib qolgan edi. Qizilqum bilan bo`lgan o`yinda ersa ko`p holatlarda chap qanotdan yorib kirib juda kuchli zarbalar yo`llab va havfli vaziyatlarni yaratib Andijon g`alabasiga salmoqli hissa qo`shgandi. Garchi hujum chizig`imiz kuchli bo`lsada raqib jamoasi himoyachilari ham ancha kuchliii. Ayniqsa O`zbekiston yoshlar va asosiy terma jamolarimizning markaziy himoyasida muhim o`rin egalab kelayotgan I.To`htaho`jayevni keltirish mumkin. Bundan tashqari raqib jamoasida ko`plab yosh o`yinchilar bor. Bunga ko`p misollar keltirish mumkin masalan A.Holiqov, N.Shoimovlar. Bu nomlarni juda ko`p keltirish mumkin lekin baribir o`yinda kim jismonan va taktik jihatdan kuchli bo`lsa, o`sha yutadi.

Qisqasi yangi kelajak bilan eski tanishlar desak bo`ladi – bu ikki jamoa to`qnashuvini. Har ikkala jamoaga ham omad tilaymiz!!!

 

 
======================================================================================
======================================================================================

    

Andijon Neftchini yuta olarmikan?!

======================================================================================
======================================================================================

    
       ANDIJON SHUNDAY HUJUMKOR O`YNASHINI KUTIB QOLAMIZ!
 
======================================================================================

 Yusupov Murodjon tayyorladi.

Toifa: Maqolalar | Ko`rildi: 1996 | Ma'lumotni joyladi: MuraDik_Admin | Reyting: 0.0/0 |
Всего комментариев: 11
0  
11 bek   (11.05.2009 21:32) [Материал]
футбол уйини хуроз уйинига ухшаб бормокда мени назаримда ким мутаххам булса галаба ушаникими?

0  
10 FCanjan_fanati   (10.05.2009 15:12) [Материал]
18 yillik antirekord: bu nima degani tushunmadim iltimos aniqlik kiritsangiz ! Hurmat bilan Shuhratbek. oldindan rahmat. smile

+1  
9 Фанат   (10.05.2009 10:13) [Материал]
18 йиллик антирекордни борбод килиш у-н олга АНДИЖОН.

0  
7 FCanjan_fanati   (09.05.2009 21:00) [Материал]
hayollarga nimalar kelmaydi deysan !! oyinning boshlaridanoq faqat olga sari intilgan Andijonning "andijon" jamoasi 15-daqiqaga borib 2 topni TSOY qoriqlayottgan darvozaga joylab qoydi. haa ajoyib oyin .Endi NEFTCHI oyinchilari karaht holatda oyin tizigini yoqotib qo'yishdi . bu mavsumda Neftchiga omad kelmayabdi. Andijon jamoasi oyindan oyinga ochilib bormoqda .Jamoa bugun ajoyib tarkibda maydonga tushgan Rahim Qodirovni hisobga olmasak ajoyib tarkib. yana hujumlar ketidan hujumlaaaaar goooll haa bugun BURGUTLAR FAQAT galaba uchun kelganliklari malum bolmoqda . Sarkisyan ham nima qilishini bilmay o'tirishga joy topa olmayabdi . endi u sudyalarga baqirmoqda !!! haa qani endi shular ro'yobga chiqsa . booze

0  
8 MuraDik_Admin   (09.05.2009 22:09) [Материал]
Илохим шундай булсин айтганиз булсин

-1  
5 RUSTAMSHEVA(NEFTCHI)   (09.05.2009 19:10) [Материал]
___________ НЕФТЧИ ХЕЧКАЧОН АНЖОНГА ЮТКАЗМАЙДИ АНЖОН УСТИДАН ФАКАТ КОТТА КОТТА ГАЛАБАЛАР ОЛГА НЕФТЧИ____________

0  
6 fanat_fcandijon   (09.05.2009 20:07) [Материал]
Owna yozayotganda iltimos sal hurmat saqlab yozing. Neftchi yutadi deb yozganizga bu so`zlarni yozmayapman. O`ziz bilasiz nma uchunligini!!! Rahmat.

0  
4 Asaka   (09.05.2009 16:08) [Материал]
Andijon osongina galabani qolga kiritadi hudo hohlasa.

+1  
3 Фанат   (09.05.2009 10:47) [Материал]
18-йилдан бери Фаргонадаги учрашувларда ўйин бўйича (1-2 тасини хисобга олмаганда) ютамиз.Энди бу сафар хисобда хам ютамиз худо хохласа.ОЛГА АНДИЖОН.

0  
2 fanat_fcandijon   (09.05.2009 04:30) [Материал]
Hudo hohlasa albatta yutamiz!!! Allohim hudo hohlasa g`alabani bizniki qiladi. Insha alloh...

0  
1 K@T@N@   (09.05.2009 03:31) [Материал]
wu Fargonaliklar kotta ketiwmasadaaa ! uff da anjanliklar blokda hammasi yoziwaver hayron boliwyatgandur nimaga ular jim deb? nasib bolsa yutvoramiz nima dedilar.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
KIRISH FORMASI
SAYT BO`LIMLARI
PFL [19] O`zbek futboli [9] Jahon futboli [25] Maqolalar [4]
ANDIJON PFK YANGILIKLARI VA JAMOA HAQIDA MAQOLALAR
  • Xorazmda Andijon o'z muxlislarini xursand qila oladimi?.
  • Andijon-Xorazm. O'yin Urganchda bo'lib o'tadi.
  • Qayrat O'taboyev 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
  • Mash'al-Andijon 2:0. Hayr MAMATKAZIN, yohud kim-kimligini ko'rsatdi!!!
  • Maqsad sari olg'a!!!
  • Andijon-Bunyodkor 1:2
  • "NEFTCHI" - "ANDIJON" - 2:0 (1:0). Neftchi g'olib
  • NEFTCHI-ANDIJON o'yini oldidan atroflicha tahlil.
  • MINI-CHAT
    200
    SO`ROVNOMA
    Saytimiz .UZ domenida rasman ish olib borsa, bunga fikringiz.
    Всего ответов: 11
    IZLASH
    KALENDAR
    «  May 2009  »
    DuSeChorPayJumaShanYak
        123
    45678910
    11121314151617
    18192021222324
    25262728293031
    YANGILIKLAR ARXIVI
    STATISTIKA

    On-line bor yo`g`i: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0