Chorshanba, 22.01.2025, 15:15 | Welcome Mehmon

WELCOME TO THE SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

Asosiy » 2009 » May » 29 » Yevropada B A R S E L O N A
Yevropada B A R S E L O N A
16:57
==================================================================



Ispancha serenadaga marhamat




   




 
 
Yahshi ot bulsa keyin ham boshida ham chopaveradi...!

       Ha bu o`yin shunaqangi ahamiyatli ediki hatto o`zbek muhlislarining ayrimlari (ko`pi desak ham bo`laveradi), aynan ular narigi kanalda Pahtakor jon berib Al-Ittifok bilan o`yinda  O`zbekiston shanini himoya qilayotgan bir paytda, Barsa va Manchester o`yiniga oshiqishdi. To`g`risi men ham biroz ikkilanib qoldim. Lekin o`zimga kelib, har ikki o`yinni ham tengma-teng ko`rishga ulgurdim. Yaxshiyamki Pahtakor ohirigacha bormasdan 2-taymning o`zida yana ham aniqrog`i 93-daqiqada o'yinni yakunlab qo`ydi. Aks holda bilmadim, qaysi o`yinni tomsha qilardim. Final o`yin oldidan ko`p fikrlar bildirildi, ko`p munozaralar bo`ldi. Lekin baribir hamma muhlislar bir to`htamga kelishdi va o`yin fantastik tarzda bo`ladi deyishdi. Hatto o`yindan oldin bo`lgan matbuot anjumanida ham har ikki klub murabbiylari o`yin fantastik tarzda bo`ladi deya o`yinga ta'rif berishdi.

         Va nihoyat o`yinga start berildi, dastlabki daqiqalardan tashabbusni o`z qo`llariga olgan “Qizil iblislar” hujumga zo`r berdilar. 10 daqiqani ichida Ronaldoning o`zi uch bora “Barsa” darvozasiga juda katta havf soldi. Uchchalasi ham gol bilan yakunlanishi mumkin edi, lekin…  Bir vaziyatda to`p biroz noaniq ketgan bo`lsa, ikkinchisida esa jarima to`pidan berilgan zarbani Viktor Valdes bazo`r qaytarib qoldi. Uchinchi vaziyatda ham yana o`sha Valdes to`pni yo`liga to`g`anoq bo`ldi. Shundaq qilib 10 daqiqani o`tkazdik degunimizcha, Eto’o ismli shaxs yanada aniqrog`i Bunyodkor a’zosi bo`lishiga sal qolgan, dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri, aniqrog`i Afrika qit'asidan bo`lgan hujumchi, 2009-yil yakunlariga ko`ra Angliyada tengsiz deb topilgan himoyachi, Nemanya Vidichni chalg`itib ortda qoldirdi va hisobni ochdi. Mana bunisini hatto “Barsa” muhlislari ham kutishmagandi. Sababi dastlabki hujum, dastlabki zarba va dastlabki gol. Bunisi endi oshiqcha bo`ldi -  “Manchester” uchun ham muhlislari uchun ham. Oldinga o`tgan holda aytishimiz kerakki bu goldan so`ng “MU” o`yin ohirigacha o`ziga kela olmadi va bu holat "Qizil iblislar"da anchadan beri kuzatilmagandi. Qolgan daqiqalar deyarli teng kurashlar ostida o`tdi. Bir qarasa “Barsa” hujum qiladi, bir qarasa “Manchester” a’zolari… Lekin birinchi taym o`zgarishsiz qoldi.

Ikkinchi taymga xushtak chalindi. Ikkinchi taym esa birinchi taymdek unchalik murosalik o`tmadi. Bunga sabab sifatida to`p asosan “Barselona” futbolchilarida bo`lganini ko`rastish mumkin edi.  Aksar holatlarda “Manchester”liklar xato qilishardi, “Barsa” esa darvozasidan to`p olib chiqmaslik harakatida edi. 50-daqiqada sokinlik biroz buzildi, Anrining zarbasi biroz noaniq ketdi. 54-daqiqa jarima to`pi va  Havining bergan zarbasi. To`p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Oradan yigirma daqiqa o`tar-o`tmas o`yin taqdiri 100% hal bo`ldi. Asosan oyoq (ayniqsa chap oyoq) bilan o`ynashga va gol urishga o`rgangan va deyarli bosh bilan kamdan-kam zarba yo`llaydigan, kamiga bo`yi ham biroz past bo`lgan Argentinalik vunderkind Leonel Messi hisobni yiriklashtirdi va qaysidr ma’noda oltin to`pga bo`lgan baxsda ham hisob shu ko`rinishga keldi. (Ronaldu:Messi 0-2 ). Qolgan daqiqalarda Manchestrliklar hisobni tenglashtirishni judu-juda hohlagandilar. Birok “Barsa” futbolchilarining bu kecha himoya chizig`idagilarigacha gol urishni hohlab maydonga tushgandilar. 75-80 daqiqalarga kelib Puyol boshi bilan zarba yo`llab Van Der Sarni qiyin (Van) holatiga tushirib qo`ydi. Yana bir vaziyatda o`yin tugashiga besh daqiqa qolganda Karles yana o`sha Van Der Sar bilan birga-bir holatga chiqdi. Bu safar ham darvozabonga to`p tegdi (darvozabon to`pga emas to`p darvozabonga borib tushdi). Shu bilan Manchester ketma-ket ikkinchi marta chempion nomiga sazovor bo`la olmadi va Milanni rekordi o`zida qoldi. Barsa esa o`ziga hos yosh murabbiy orqali g`olib bo`ldi. Qiziqarli tarafi shunda ediki, Hosep Gvardiola o`zining YCHLdagi dastlabki debyut mavsumidayoq chempionga aylandi.

 

Barselona (Ispaniya) – Manchester Yunayted (Angliya) – 2:0 (1:0)

Hakam: Massimo Buzakka (Shvetsariya)

Gollar: 1:0 – Eto'o (10), 2:0 – Messi (70).

BARSELONA: V. Valdes, Puyol, Pike, Yaya Ture, Silvinyo, Xavi, Buskets, Iniesta (Pedrito, 90), Messi, Eto'o, Anri (S. Keyta, 72).

MANCHESTER YUNAYTED: Van Der Sar, O’Shi, Vidich, Rio Ferdinand, Evra, Anderson (Teves, 46), Kerrik, Giggz (Skoulz, 75), Pak Ji Sun (Berbatov, 66), Ronaldo, Runi.

Ogohlantirishlar: Pike (16), Ronaldo (78), Skoulz (80), Vidich (90).

2009 yil 27 may. RIM. «Stadio Olimpiko» o`yingohi. 72 700 tomoshabin.

  =================================================================

O`yindan so`ng Xosep Gvardiola.

=================================================================
      "Biz juda bahtlimiz. Ajoyib yutuqqa erishganimizni tushunib yetyapmiz. Klub va ishqibozlarni tabriklayman. Biz "Barselona" tarixidagi eng yahshi jamoa hisoblanmaymiz, ammo biz eng zo`r mavsumni o`tkazdik. Biz bir yo`la uchta unvonni qo`lga kiritdik, buni qanday qo`lga kiritganimiz ham muhim.
        Futbolchi sifatida birinchi marta Chempionlar kubogini qo`lga kiritish ajoyib bo`lgandi. Endi bizning hisobimizda uchta yutuq bor. Bu boshqa klublar yutug`idan kamroq, lekin biz saralangan afsonaviy grandlar safiga yaqinlashmoqdamiz. Bizga Kroyff va Charli Reksachlar mehnati asqotganini ko`p aytganman. Ular futbolimiz otalari bo`lgan, biz esa ularning izdoshlarimiz.

         Biz "Manchester Yunayted" uchrashuv boshida pressing qo`llashini kutmagandik. Raqib bizga tashvish tug`dirdi va aytish kerakki, “mankunianlar” Krishtianu Ronalduning jarimadan bergan zarbasidan so`ng yaxshi imkoniyatga ega bo`ldi. Biz esa o`zimizning ilk imkoniyatimizdan unumli foydalandik, undan keyin markazdan o`ynashga harakat qildik.

O`tgan mavsumda Evra Messiga muammo tug`dirgandi, shu sababli biz Leoni qanotga qo`ymaslikka, markazga qo`yishga va markazda yana bitta futbolchiga ega bo`lishga qaror qildik. U bugungi kunning eng yahshi futbolchisidir va bugun u “Oltin to`p”ga munosibligini yana bir bor isbotladi.

 Jamoamizni baland bo`yli deb aytib bo`lmaydi, biroq biz dunyoning eng yahshi klubiga qarshi kechgan uchrashuvda a’lo darajada hujum qildik va himoyalandik.

           Bir necha kun dam olishimga ijozat bering va men kelgusi rejalarim haqida so`zlab berman. Men shunchaki jamoam yaxshi futbol namoyish etishini va yana finalga yo`l olishini hohlayman. Endi esa be’malol g`alaba gashtini surish mumkin. Ertaga biz butun Kataloniya bilan g`alabani nishonlaymiz".


=================================================================
O`yindan so`ng Ser Aleks Fergyusson.
 

=================================================================
 
           "Jamoam o`yinidan hafsalam pir bo`ldi. Bu mavsumda himoyadagi ishonchli o`yinimiz tufayli o`zimizning eng yaxshi futbolimizni ko`rsatayotgandik, lekin bugun himoya o`zining beqarorligi bilan esda qoladigan bo`ldi.
            Biz tezkor gol o`tkazib yuborishni umuman rejalashtirmagandik. "Barselona"ga munosib baho berish kerak – kuchli jamoa g`alaba qozondi. Ushbu jamoa hisobda oldinda borishni boshlagach, ular to`pni egallab oladilar va uni a’lo darajada o`z nazoratlari ostida ushlab turadilar. Birinchi goldan keyin ularning yarim himoyachilari to`pga yopishib olishdi va bizga to`pni nazorat qilishimizga imkon bermadi.

             Biz finalgacha ancha ter to`kdik, lekin finaldagi ananani buzish uchun bugun albatta g`alaba qozonishimiz kerak edi. Bunga erishish uchun bugun bizda ajoyib imkoniyatimiz bor edi, futbolchilar ham bunga umid qilayotgandilar, afsuski birinchi goldan keyin o`zimizga kela olmadik. O`tgan yili “Barselona”ga qarshi kechgan uchrashuvda darvozamiz dahlsizligini muammosiz saqlab qolgandik, bugun darvozamiz oldida yetarlicha havfli vaziyatlar yaratildi. Messi gol urgach raqiblar yarim himoyaga o`rnashib oldi va bizga katta tashvish tug`dirdilar. Tan olish kerak, ular bizga qarshilik qilgan bunday uslubda o`ynaydigan eng yahshi jamoadir. Ular to`pni nazorat qilishni maromiga yetkazadilar va "Barsa" o`z o`yin falsafasidan voz kechmasligi diqqatga loyiqdir.

         Jamoamiz pishib yetilganidan mamnunman. To`pni bu qadar yomon nazorat qilganimiz kecha umidimizni puchga chiqardi. To`pni olib qo`yish uchun bir necha daqiqa kutishimizga to`g`ri keldi va to`p bizga kelib tushganida biz undan foydalana olmadik. Balki bugun shunchaki bizning kunimiz bo`lmagandir, balki irodali g`alaba qozonish uchun bizga yetarlicha kuch yetmagandir. Gvardiola bir yil ichida zafar quchgani katta yutuqdir. Bu shanchaki fantastika. Uning barcha futbolchilari to`pni ushlab turish va o`yindan zavq olishga intiladi. Ular eng maqtovli so`zlarga munosib".


=================================================================
=================================================================
=================================================================
         


HAVAS QIL
SANG ARZIYDI!
 





=================================================================
=================================================================
=================================================================
         


Attang
o`zim o`ynamadim...
 



=================================================================
Yusupov Murod tayyorladi.







Toifa: Jahon futboli | Ko`rildi: 1003 | Ma'lumotni joyladi: MuraDik_Admin | Reyting: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
KIRISH FORMASI
SAYT BO`LIMLARI
PFL [19] O`zbek futboli [9] Jahon futboli [25] Maqolalar [4]
ANDIJON PFK YANGILIKLARI VA JAMOA HAQIDA MAQOLALAR
  • Xorazmda Andijon o'z muxlislarini xursand qila oladimi?.
  • Andijon-Xorazm. O'yin Urganchda bo'lib o'tadi.
  • Qayrat O'taboyev 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
  • Mash'al-Andijon 2:0. Hayr MAMATKAZIN, yohud kim-kimligini ko'rsatdi!!!
  • Maqsad sari olg'a!!!
  • Andijon-Bunyodkor 1:2
  • "NEFTCHI" - "ANDIJON" - 2:0 (1:0). Neftchi g'olib
  • NEFTCHI-ANDIJON o'yini oldidan atroflicha tahlil.
  • MINI-CHAT
    200
    SO`ROVNOMA
    Saytimiz .UZ domenida rasman ish olib borsa, bunga fikringiz.
    Всего ответов: 11
    IZLASH
    KALENDAR
    «  May 2009  »
    DuSeChorPayJumaShanYak
        123
    45678910
    11121314151617
    18192021222324
    25262728293031
    YANGILIKLAR ARXIVI
    STATISTIKA

    On-line bor yo`g`i: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0