O`yinni har ikki jamoa juda ko`tarinki ruhda boshlab berdilar.Dastlab Al-Majd jamoasi juda
kata kuch bilan oldinga tashlandilar. Bu o`yinni Neftchi jamoasi Himoyachilari va Darvazaboni juda tartibli va ishonchli tarzda o`tkazdilar. Ayniqsa Yuriy Soyning qiyin
vaziyatlardan jamoasini olib chiqqani tahsinga loyiq bo`ldi. Dast avval Muhammad Al Zino va Muhammad Asadlar
hisobni ochishga juda qulay vaziyatga ega bo`ldilar. Biroq bir safar himoyachilar
bo`lsa yana bir safar darvazobon Neftchini muqarrar gollardan saqlab qoldilar.
Birinchi taym ohirigacha bir hil vaziyat kuzatildi ya’ni Al Zino va Soy juftligi.
Al Zino tepadi Soy kaytaradi. Shu tariqa Neftchi taymni yakunlab ham oldi.
Ikkinchi taymdastlabki daqiqalarda ham huddi shu stenariy asosida o`tdi. Lekin taym
o`rtalariga kelib Vodiyliklarning maqsadi jiddiy ekanligi ko`zga tashlana boshladi.
Hatto o`yin yakunlanishigi 13 daqiqa qolganda yoshlar va asosiy terma jamoalarimizning
asosiy figurasiga aylanib ulgurganI.To`htahujaev,
A.Holiqovga tepalatib ajoyib pas berdi
va Holiqovning zarbasi biroz noaniq ketdi. Shu tariqa hisob asosiy vaqtda
ochilmadi.
Qo`shimcha yana ikki taym qo`shib berildi, bu
taymlarda har ikki jamoa penaltilar seriyasiga rozi bo`lib harakat qilishdi aytarli
havfli vaziyatlar bo`lmadi. Mana o`yinning kulminatsion nuqtasiga keldik va yana
o`sha “qahramonlar” (endi ularni shunday desa ham bo`laveradi) Al Zino va
Muhanad Asadlar bergan zarbalarni Yuriy Soy
muvaffaqiyatli tarzda qaytardi. Ulardan farqli o`laroq Neftchi o`yinchilari aniq
harakat qildilar. Shu tariqa asosiy vaqt 0:0. Penaltilar bahsida esa 3:1
Neftchining qo`li baland keldi.
O`ta qiyin bo`lgan uchrashuvda g`alaba qozonib
ular Uzbekiston jamoalari ichida dastlabki yurishni boshlab berdilar.