Ma'lumki milliy chempionaitimiz 7-turi doirasida
Dinamo-Andijon klublari o`rtasida o`tkazilgan uchrashuvning 84-daqiqasida bosh
hakam Bahtiyor Tog`ayev mezbonlar darvozasiga penalti belgilagan edi. Bu
imkoniyatdan unumli foydalangan Andijonliklar mag`lubiyatdan qutulib
qolgandilar va uylariga 1:1 hisobidagi durang natjia bilan qaytgnadilar.
Bahtiyor Tog`ayevning o`sha qarori muxlislar o`rtasida o`ziga xos shuv-shuv
uyg`otgandi. Undan
tashqari Dinamo klubi O`FF hakamlar va nazoratchilar qo`mitasiga shikoyatnoma
berdi. Bahtiyor Tog`ayev esa o`sha uchrashuv nazoratchisi Vyacheslav Valitskiy
tomonidan qo`yilgan 4.0 ballga e'tiroz bildirgan holda hakamlar va
nazoratchilar qo`mitasiga apellyatsiya yozdi.
Kuni kecha O`FF hakamlar
va nazoratchilar qo`mitasining navbatdan tashqari yig`ilishida
bitta masala muhokama qilindi. Sifatli va talaba javob
beradigan raqamli tasvirdagi videotasma diqqat bilan tomosha
qilindi va Bahtiyor Tog`ayev o`shanda to`gri qaror qabul qilganligi
tasdiqlandi.
-
Men turgan nuqtada o`yin qoidasining buzilganligi ani-tiniq ko`rinib turgandi. Shu
sababli penalti belgiladim. Faqatgina uchrashuv nazoratchisining shu penalti
tufayli menga qo`yilgan bahoni pasaytirganidan noroziman. Men o`sha vaziyatda
haq edim hozir ham shunday deb hisoblayman. Chunki o`yin qoidasi
buzilganini aniq ko`rdim - deydi Tog`ayev.
Video ko`rib chiqilgach bosh hakam va uning yordamchilariga bahoni pasaytirib
qo`yganiligi uchun uchrashuv nazoratchisi Vyacheslav Valitskiyning xizmat haqi
75% qisqartirildi. Shuningdek u qo`mita a'zolarining qaroriga ko`ra 4 ta tur
o`yinlaridan chetlashtirildi. Bahtiyor Tog`ayev va unga yordam bergan Aleksey
Snetkovga qo`yilgan baholar esa o`zgartirildi.