Ertaga bahorning so`ngi oyini birinchi sanasi. Shu bilan birgalikda ertadan shahrimizda katta futbol bayrami boshlanib ketadi. 2-may kuni Andijondagi sog`lom avlod stadionida Andijon futbolchilari Zarafshon shahrining Qizilqum jamoasini qabul qiladi.
O`yin ancha qiziqarli bo`lishi kutilayapti. Bunga bir nechta sabablar bor:
Ma'lumki milliy chempionaitimiz 7-turi doirasida
Dinamo-Andijon klublari o`rtasida o`tkazilgan uchrashuvning 84-daqiqasida bosh
hakam Bahtiyor Tog`ayev mezbonlar darvozasiga penalti belgilagan edi. Bu
imkoniyatdan unumli foydalangan Andijonliklar mag`lubiyatdan qutulib
qolgandilar va uylariga 1:1 hisobidagi durang natjia bilan qaytgnadilar.
Bahtiyor Tog`ayevning o`sha qarori muxlislar o`rtasida o`ziga xos shuv-shuv
uyg`otgandi. Undan
tashqari Dinamo klubi O`FF hakamlar va nazoratchilar qo`mitasiga shikoyatnoma
berdi. Bahtiyor Tog`ayev esa o`sha uchrashuv nazoratchisi Vyacheslav Valitskiy
tomonidan qo`yilgan 4.0 ballga e'tiroz bildirgan holda hakamlar va
nazoratchilar qo`mitasiga apellyatsiya yozdi.... Davomi... »