Ha bugun jamoamiz PFLdagi o`zining ikkinchi g`alabasini o`z maydonida nishonladi. So`g`lom avlod stadionida bo`lib o`tgan bu uchrashuv ancha qiziqarli bo`ldi va mezbonlarning to`liq ustunligida o`tdi deb be'malol ayta olmiz. 3-4-3 sxemasi bo`yicha harakat qilgan Andijonliklar, o`yinning dastlabki daqiqalaridan tashabbusni o`z tomoniga og`dirib oldi. Mehmonlar esa tabiyki qarshi hujum taktikasida harakat qilishdi. Butun o`yin mobaynida mehmonlar durang uchun o`ynashayotgani bilinib turdi. O`yin avvallarida hujumga zo`r bergan Andijon jamoasida, so`ngi zarbani yo`llaydigan o`yinchi topilmadi. Lekin shunday bo`lsada hujumlar o`z samarasini berdi. O`yinning 35-daqiqasiga kelib Viktor Klishin hisobni ochdi. Uning chamasi 23-25 metrlardan bergan aniq zarbasi darvozaning chap to`qqizlik burchagiga kelib tushdi. Shundan so`ng jamoalar ancha bosiq o`yin ko`rsatishdi. Shu bilan 1-taym o`z nihoyasiga yetdi. 2-taym ham birinchisiga o`xshab Andijonliklarni hujumlari bilan boshlandi. 64-daqiqaga kelib Andijonliklar burchak to`pi tepish huquqiga ega bo`lishdi. O`ng burchakdan to`pni Qayrat O`taboyev to`g`ri darvoza tomon tepdi. Bu vaziyatda Qizilqum himoyachisi Mamadaliyev to`pni qaytarmoqchi edi aksiga olib to`p unga tegib darvoza to`ridan joy oldi. Bu vaziyatda himoyachini ayblash noto`g`ri bo`lsa kerak, shunchaki burchak to`pini tepgan O`taboyevga qoyil qolish kere xolos!!! Shundan so`ng Qizilqum futbolchilari huddi uyqudan uyg`onib ketishdi shekilli, bundan bu yog`iga ancha mazmunli o`yin namoyish etishdi. Buning isboti sifatida 83-daqiqada Andijon darvozasiga kiritilgan golni olish mumkin. Ushbu vaziyatda Qizilqum futbolchilari o`zlariga nisabatan chap burchakdan burchak to`pini tepishdi va Andijon jarima maydonida e'tibordan chetda qolgan Shodiyev to`pni boshi bilan darvozaga joylab qo`ydi. Bu vaziyatda ayb butunlay Andijon himoyachilarida edi. O`yinni ohirgi daqiqalariga kelib Andijon futbolchilari ancha charchab qolgani bilinib qoldi va jamoamiz ba'zi vaziyatlarda o`yinni cho`zish darjasiga ham borishdi. Huddi Qizilqum futbolchilari o`yinni avvalida cho`zishgani singari.
Lekin tan olib aytish kerak bugun Andijon Qizilqumdan ancha kuchli ekani bilinib qoldi...
Э Бору акалар Андижонга тенг келадигони Осиёда йук просто бизни боллар йулига уйнаб куйишяпти бу Бунёдкор, Пахтакор, Нефтчи ва бошка клублар билан а так Барселона хам керак булса юта олмайди
Авалом бор галабба билан хамани табриклеман. Маколага кесе бугун галаба козонди ажойиб ёзилган ва шу уринда бироз буртириб ёзилди нима булганда такдирда хам бу ёзилган маколада айб йук чунки андижон бугун галаба козонди!!!!!