O`zbek futboli deganda darhol bir ikki a bor ana uch-to`rt jamoa ko`z oldimizda gavdalanadi Pahtakor, Neftchi, Navbahor va yangi asrning yangi yamoasi bo`lmish Bunyodkor jamoasidir shu o`rinda Uzbek futbolida o`z o`rniga ega bo`lgan Andijon yamosi ham bor. Nega bu bola gapni uzoqdan olib kelyapti deb o`ylanayotgandirsiz ochig`i Men ham shu narsani o`yladim lekin maqolamni o`rtalariga kelib nega aynan shunday yozganimni tushunib olasiz.
Mana yaqinda 18-milliy chempionatimizga ham start berildi va hozirda chempionat juda qiziqarli ko`rinish olmoqda. Shu o`rinda Andijon jamoasi o`yinlariga, holatiga, tarkibdagi muommolarga, va Andijon jamoasidan kelajakda nima kutishimiz mumkunligi haqida, asosiysi jamoaning bugungi kundagi asl o`rni haqida suhbatlashamiz. Dast avval Andijon-Paxtakor o`yiniga bir nazar tashlab olaylik. O`yin haqida to`htaladigan bo`lsak Andijon jamoasi o`zining optimal tarkibi bilan maydonga tushdi. Darvozada: Jasur Narziqulov Himoyachilar: Dilyaver Vaniev, Rahim Qodirov, Qayrat O`taboyev, Akmal Shorahmedov, Fevzi Davletov. Yarim himoya: Boyan Ilich, Zurab Zamsiashvili, Asqar Jadigerov. Hujumda: Levan Mdivnishvili, Viktor Klishin. Uyinga qisqacha to`htalsak dastlabki daqiqalarda kutilganidek Andijon futbolchilari ajoyib hujumlar bilan boshladi va bu o`yinning 23-daqiqasiga kelib o`z samarasini berdi Andijon jamoasining Gruzin legoneri (goleodori) hisobni ochdi!!! Lekin… (ha aynan shu so`z lekin ko`pincha bu so`zni so`ngi paytlarda bevosita HAKAMLAR bilan bir qatorda tilga olinyapti… Ushbu o`yinda Y. Holmurodov va qanot hakami Y. Toshev ular). Gol urilib hatto bosh hakam maydon markazini ko`rsatishsga ham ulgurgan bir paytda, tusatdan yon hakam uyg`onib ketdi shekilli (uyqusirab) goldan oldin o`yin qoidasi buzildi degan man’oda bayroqchasini ko`tardi va bosh hakam ham qotib qoldi va Paxtakorchilar ta’ziqi ostida qolib ketib gol inobatga olmadi qo`ydi… I.Nestrov esa tezlik bilan o`yinni boshlab yubordi va huddi hech nima bo`maganidek o`yin davom ettirildi, qoyiiiil!!!! To`gri bu holatdan sal oldin F.Tojiyev ham gol urgandi lekin bu vaziyatda yaqqol offsayd holati bor edi hatto shundayligini kichik Tojiyev ham bilgandi. Shu holatdan so`ng o`yin ancha qo`pol tarzda tus ola boshladi. Hakam nima qildi deysizmi?- U o`yinni tuzgini allaqachon qo`lidan chiqarib bo`lgandi. O`yinning ohirgacha o`yinchilar o`yinni chetga surib ochiqchasiga Karate sportiga oid uslublar bilan boyitib yubordilar. Bir birlariga ochiqchasiga qo`pollik, tahdid qila boshladilar. Ayniqsa shu kuni A.Geynrih, O.Ahmedov D.Vaniev va Z.Zamsiashvililar bir birlarini ochiqchasiga to`htatar edilar. O`yining qo`shib berilgan vaqtlari o`tayotgan bir pallada katta Tojiyev katta sahnaga chiqib ajoyib tarzda penalti ishladi lekin (e’tibor bering yana o`sha suz) hakamlar Tojiyev jarima maydonchasi tashqarisida yiqildi deb qaror chiqardi. Penalti belgilanmasligi qaysidir ma’noda to`g`rib o`ldi deyish mumkin. Levanning hisobga olinmagan goli va Zayniddining penaltisi. Anti qahramonlar o`ziga yarasha taqdirlandi va bir necha o`yinga chetdan ham qoldilar ham ancha puldan ham… Yana shunga o`xshagan dramatik tarzda kechgan o`yin Metallurg-Andijon!!! Lekin (yana usha “lekin” nimani nazarda tutayotganimi bilgandirsiz?) hakamlar hakamlar… O`yinda garchi Vaniyev asosiy aybdor deb topilgan bo`lsada aynan usha aybdorlik zamirida hakamlar yotardi. O`yinni shahsan uzim yozib olingan tasvirlar orkali ko`rmaganimda bu o`yinga qanday izoh berar edim bilmadim. O`yinda hakamlar yaqqol ustunlik qilishdi. O`yinga to`htaladigan bo`lsam Andijonliklar birinchi rakam ostida tushdilar deb be’malol aytsa bo`ladi va buni misolida o`yinning 16 daqiqasida Metallurg jamoasi o`z yarima maydoni ichida palapartishlikka yo`l qo`ydi va A.Jadigerov o`zini ko`rsatdi va hisobni ochdi. Yana hisobda shuncha vaqt o`tib o`yining 35-daqiqasida, ajoyib tarzda chap qanotdan yorib kirgan A.Jadigerov qo`pollik bilan to`htatib qolindi. Jarima to`pidan so`ng Metallurg jarima maydonchasida yana palapartishlik yuzaga keldi va undan unumli foydalangan V.Klishin bo`sh qolgan darvozani nishonga oldi. Shundan so`ng mezbonlar jonlanishdi o`yinning 1-taymi ohirgi daqiqalariga kelib aniqrog`I 41- daqiqada Sh.Yo`ldoshev hisobni kichik ko`rinishiga olib keldi 1:2(!) 1-taym shu yo`sinda tamom bo`ldi va 2-taymga start berildi. Mehmonlar 2-taymni biroz sust boshlashiga qaramay o`zlarini biroz o`nglagandek bo`ldilar. Shundan so`ng mehmonlar tayyor galabani qo`ldan chiqarishni hohlashmadi va yana hujumga o`tishdi. Oradan biroz vaqt o`tib o`yinning 75-daqiqasiga kelib hisobni tenglashtirildi mezbonlar tarafidan I.Qurbonov jarima to`pidan so`ng o`z hisobiga bitta gol yozib qo`ydi. Ushbu o`yinda havfli vaziyatlar, hujumlar juda ko`p yaratildi ammo samarali yakunlanilmadi. Uchrashuvning eng kulminatsion nuqtasi: ohirgi daqiqalarda hakam ham Metallurgchilar ham umuman hamma narsa boshqa tarafga o`zgarib ketdi. Shu kuni Metallurgchilar «mehmondustligini» namoyish etib qo`yishdi. Ular D.Vanievni naqd un ikki kishi bo`lib o`yin yakunlanmasdan oldin yechinish honasiga «eltib» qo`yishdi. O`yin anti qahramonlari, lekinchilar maydondan tak-i tak «chiqarib yuborilgan» D.Vanievga qizil kartochka ko`rsatishdi.
Shu yerda yana bitta savol tug`iladi: qolgan o`n ikki kishichi???
Bu chetlatishdan tashqari Vaniyevga o`yindan so`ng 4-turga chetlatish ham qo`shib berildi. Nihoyat qora kunlarning yorug` kuni ham bo`lar ekan. So`g`diyona va Samarqand-Dinamo o`yinidan so`ng minimal vazifa bajarilib 8-turda Andijon-Qizilqum jamoalari o`zaro bahs olib bordilar. O`yinni har ikkala jamoa ham yopiq tarzda boshladilar to`g`ri Andijonliklar 1-taym boshidayoq tashabusni o`z qo`llariga oldilar. Shunday bo`lsada Andijonliklar baribir o`zlarini ancha ayab o`ynadilar chunki bir haftadan so`ng safarda o`ta jiddiy o`yin bo`ladi, VODUY DERBISI!!! Aynan shu sababli mezbonlar ancha yopiq tarzda o`yin ko`rsatishdi shunga qaramay o`yining 35-daqiqasiga kelib, V.Klishin chamasi 22-23 metrlardan zarba berib raqib jamoasi darvozabonini qiyin ahvolga solib qo`ydi. Gooool hisob 1:0. Bo`lim ohirigacha deyarli ko`zga ko`rinar havfli hujumlar bo`lmadi. Ikkinchi bo`limda mezbonlar tarafidan bir qator reydlar amalga oshirildi. Dast avval Sh.Mirholdirshoev, K.Utaboev, V.Klishinlar tomonidan uyushtirilgan hujumlar be’samar ketaverdi… Biroq omad Andijonga baribir kulib boqdi. Hujumlarning birida Andijonliklar burchak to`pi tepish hquqini qo`lga kiritdilar. 65-daqiqaga kelib chap burchakdan burchak to`pini K.O`taboyev chiroyli tarzda amalga oshirdi. O`zi shundoq ham darvozaga kelib tushayotgan to`pni S.Mamadaliyev qaytaraman deb o`z darvozasiga yanada aniqroq qilib joylab qo`ydi. Shundan so`ng mezbonlar o`yin su’ratini keskin tushirib yubordilar. Bundan unumli foydalangan Zarafshonliklar 82-daqiqaga kelib hisobni kichik holatga olib keldilar. Bu gol deyarli mehmonlarga foyda keltirmadi. Bundan bu yog`iga ularni na kuchi na irodasi qolgan edi… Sakkiz tur o`tib Andijon jamoasi tarkibiga bir nazar tashlasak O`zbekistonning top o`yinchilari yig`ilgan deb be`malol aytsa bo`ladi. Masalan, Do`stlik jamoasida haqiqiy yulduzga aylangan J.Irismetovni esga olsak bas. Bu o`yinchi nafaqat O`zbekistonda balki MDH davlatlari orasida ham o`ziga yarasha nom chiqarib ulgurgan edi Ming afsuski dastlabki turlardagi Jafarning o`yinga moslasha olmagani, gururi, uni chempionatdan davra ohiragacha o`yindan tashqarida qolib ketishiga olib keldi.(P.S. Jafar jamoa bilan kelisha olmay ketib qolgandi) Mana shu yo`qotishdan so`ng Andijon jamoasining motori bo`lmish R.Qodirovni ham eslamasak bo`lmaydi. Ha uning o`tgan yilgi olgan jarohati qaytadan bezovta qila boshladi va bu o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmadi. R. Kodirov endi jamoasiga 18-Miliy chempionatining 2-davrasida yordam bersa ham katta gap, sababi uni jarohati futboldan ketishiga olib kelishi munkin degan gaplar ham yo`q emas. Shu o`rinda hozirgi kunda garchi yo`qotish demasakda (noto`g`ri transfer desak to`g`ri bo`ladi) Boyan Ilich. U mana sakkiz tur o`tibdi hamki biron ustun tarafi bilan ko`z oldimizda gavdalanmadi. Uning o`yiniga to`htaladigan bo`lsak qisqa to`p uzatish bilangina yahshi yodda qoldi boshqa vaziyatlarda deyarli ko`zga ko`rinmadi. Jamoaning holatiga kelsak aynan uch o`yinchidan tashqari deyarli katta muammolar yo`q to`g`ri markaziy himoyamiz bo`shashib qolgan bo`lishi mumkin. Metallurg bilan o`yinda anti qahramonga aylangan D.Vaniyev to`rt turga chetlatildi va undan uch turi o`tdi U Bunyodkor bilan o`yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi degan umiddamiz. Kelajagimiz kimlar? – Ha bizning qaysidir ma’noda aynan shu masalada yavob topishimiz kiyin Andijonda yosh o`yinchilar ko`p masalan M.Hayitov, B.Valiev, B.Karimov, I.Otohonov lekin bular ayni damda asosiy jamoada ba’zilari hatto maydonga ham tushganlari yo`q. Adnijonda deyarli qolgan futbolchilarning barchasi boshqa jamoalarda to`p surgan o`yinchilardir. Shu o`rinda yaqinda bo`lib o`tadigon 9-tur oldidan Neftchi va Andijon o`rtasidagi o`yinini oldindan tahlil qilishga urinib ko`ramiz. Andijon jamoasi hozirda asta sekinlik bilan bo`lsada o`z o`yinini topib boryapti. Faqat himoyada biroz kamchiliklar bor xolos. Neftchiga kelsak ularda muvozanat yo`qolgan. Chunki bir o`z maydonida durang o`ynasa bir qarasa o`zidan uncha kuchli bo`lmagan jamoaga yutqazib quyayapti…
Hozirda har ikkala klubga ochko suv va havodek zarur chunki bu ikki klub deyarli yonma yon kelishayapti. Kuchlar teng o’yin ham shunga yarasha bo`lsa kerak. Neftchi yosh futbolchilari bilan oldinga tashlansa Andijon kuchli taktik o`yin bilan o`ynasa ne ajab!!! Eng asosiysi o`yin qandaydir «3-shaxs» aralashishisiz haqqoniy bo`lsa nur ustiga a’lo nur bo`lar edi. Keyingi o`yinlarda Andijon jamoasiga faqat va faqat zafarlar tilab qolamiz!!!!
Qani olg`a ANDIJON BURGUTLARI!!!!
Yusupov Murodjon tayyorladi
|