Asosiy » 2009»May»5 » Fabregas: MYU ga bugun oson bo`lmaydi.
Fabregas: MYU ga bugun oson bo`lmaydi.
12:43
Arsenal jamoasining iste`dodli yarim himoyachisi Sesk Fabregas bugungi o`yinda MYUni imkoniyatlarini yuqori baholamayapti.Bunga sabab sifatida u "kanonirlar" o`yinni o`z uyida muxlislarning qo`llab quvvatlashlari ostida o`tkazishini va bu narsa jamoaga katta kuch berishini alohida aytib o`tdi. "Biz nimalarga qodirligimizni bilamiz, o`z kuchimizga ishonamiz" va bugun MYU ga oson bo`lmaydi! - deydi Fabregas. Biz hammasi yaxshi bo`lishiga ishonishimiz kerak. Har qanday jamoa uchun o`z maydonidagi o`tkaziladigan o`yinlar umuman boshqacha ruhda o`tadi. Sen bilan jamoa fanatlari, senga hamma narsa tanish. Sen qachon va qayerga to`p tepishni bilasan. Ishonchim komil, agar biz kuchli, tartibli o`yin ko`rsatsak, raqibni erkin harakat qilishiga yo`l qo`ymasak va ularga kuchli bosim o`tkazsak bizda finalga chiqsh uchun ajoyib imkon tug`iladi.
Biz o`yinga alohida tayyorgarlik ko`ramiz va o`zimiz uchun ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.
arsenal kuchli bu yerga yetib kelish uchun kotta ishlarni qildi duhi baland jamoa ammo MU ga duhi yetmaydi doim parot qiladi . menimcha mu yutsa kere . chelse ertaga dovondan otib olsa ikkalasini ham mag'lub etishga tayyor boladi deb umid qilaman
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]