Chelsi uchun ayanchli durang!!! Bunaqasai hatto ertaklarda ham uchrashi qiyin. Ertaklarda
uchrashi qiyin bo`lgan voqea Chorshanbadan Payshanbaga o`tar kechasi yuz berdi.
London Stemford Bridj stadionida 42 mingdan ziyod muhlislar ko`z o`ngida
Barselona ushbu ertaklarda ham uchrashi qiyin bo`lgan ishni amalga oshirdi.
90+4 daqiqa davomida hujum qilishdan to`htamagan Barselona ohiri o`z so`zini
aytdi.
O`yinga bevosita to`htaladigan
bo`lsak, butun o`yin davomida katta ustunlikka erishgan Barselona uchrashuvning
9-daqiqasidayoq kutilmaganda ha albatta, kutilmaganda o`z darvozasidan to`p
o`tkazib yubordi. Barselona himoyachisidan rikoshet bo`lib qaytgan to`pni
Essien fantastik zarba bilan Valdes qo`riqlayotgan darvozaga mixlab qo`ydi. Bu
vaziyatda Ganalik futbolchiga qo`rqmasdan omad rostakasiga kulib boqdi deb
aytish mumkin. Hattoki Valdesning ham jon holatda tashlanishi Barsaga yordam
bera olmadi. Ushbu o`yinda Barselonaga Terri Anri juda juda yetishmadi va uning
o`rni ochiqchasiga bilinib qoldi. Ba’zi vaziyatlarda Eto’O o`zi bilgan va
bilmagan hoatda to`pni chap qanotga Anri harakat qiladigan pozitsiyaga uztib turdi.
“Antifutbol” namoyish etgan Aristokratlar uchrashuvning 24 daqiqasiga kelib chap
burchak oldidan jarima to`pini tepish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Bu vaziyatda
Drogba tepgan to`pni darvozabon Valdes qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.
Shundan so`ng birinchi taym ohirigacha deyarli hech qanday havfli hujumlar
bo`lgani yo`q. To`p asosan Barsa futbolchilarida bo`lsada lekin Chelsining
himoyasini yorib o`tishni umuman imkoni bo`lmadi va shu bilan jamoalar
tanaffusga chiqib ketdilar. Tanaffusda Gvardioladan o`zini ko`rsatishi talab
etilardi. Bu o`yindagi vaziyat Gvardiolaning butun murabbiylik faoliyatida eng
qiyin holati bo`lsa kerak va shu 15 daqiqa ichida Gvardiola, o`yin ohirida hammasi
u o`ylaganidek, uning uchun ijobiy yakun topishi uchun o`yin senariysini
boshidan yozib chiqishi kerak edi.
Ikkinchi taymni boshlarida
Gvardiolaning hafsalasi pir bo`lay dedi. 52-daqiqada himoyada harakat
qilayotganYaya Ture “bechora” Pikeni Anelka
va Drogbani orasida o`zini yolg`iz qoldirib oldinga o`tib ketib qoldi. Yosh
himoyachi ushbu vaziyatda qo`lidan kelgan barcha ishni qildi va natijada
Drogbaning zarba berish jarayoni ancha cho`zilib ketdi bundan Valdes ham unumli
foydalanib vaziyatga ko`nikish hosil qilib oldi undan so`ng to`pni qaytarib
yubordi. Uchrashuvning kulmnatsion nuqtalaridan biri 65-daqiqada ro`y berdi.
Hakamning fikriga ko`ra so`ngi umid kushandasiga aylangan Abedalga qizil
kartochka ko`rsatildi. Lekin ushbu vaziyatda Abedalga nima uchun qizil
kartochka ko`rsatilganini hattoki o`sha har xil nuqtadagi kameralardan qayta-qayta
ko`rsatilgan lavhalarda ham o`sha vaziyatni tushunib bo`lmadi. Shu bilan
mehmonlar ozchilik bo`lib qolshdi. Lekin bu vaziyatdan so`ng Barselona
futbolchilari tushkunlikka tushganlari yo`q va buning isboti sifatida o`yinning
asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganda maydon markazida harakat qilgan
Buskets o`rniga hujumchi Boyan Krkichni tushirilshi yaqqol misol bo`la oladi.
Uchrashuvning 88-daqiqasiga kelib Gvardiola ham taqdirga tan berganday ko`rindi
zero shu daqiqada U Guss Hiddinkni oldiga kelib hammani ko`z o`ngida Hiddink
bilan quchoqlashib tabriklaganday bir holat yuzaga keldi. (Lekin 1:0 ga Iniesta
rozi emasdi). Uchrashuv hakami 2-taymga konpensatsiya vaqti sifatida 4 daqiqa qo`shib
berdi va bu Iniesta uchun yetarli bo`ldi. U qo`shimcha vaqtning 3 daqiqasida
ajoyib zarba bilan hisobni tenglashtirdi va Chelsini ko`mib qo`ydi. Hayajonda
biz e’tibor bermay qolgandik, butun o`yin mobaynida be xato harakat qilgan
Bosingva gol bo`lishidan bir necha soniya oldin qo`pol xatoga yo`l qo`ygan
bo`lib chiqdi. Ushbu urilgan gol Barselonaning so`ngi shturmining mevasi bo`lib
qoldi. Chelsi ham ohirigacha kurashdi. Uchrashuvning 90+5 daqiqasida Ballakning
bergan zarbasidan so`ng, to`p Barselona futbolchisning qo`liga tegdi, Ballakga
qo`shilib “butun LONDON”
hakamga tashlangan bir vaziyatda Hakam mehmonlar foydasiga qaror qabul qildi.
Bu o`yin yana shuni isbotladiki, bitta omadli gol evaziga finalga chiqib
bo`lmas ekan. Gus Hiddinkning murabbiylik faoliyatidagi bu o`yin birinchi
omadsizlik sifatida tarixga ham kiradigan bo`ldi.
O`yindan so`ng Chelsi futbolchilari
hakamga e’tiroz bildira ketdilar hakam esa maydonni Havfsizlikga javob
beradigan hodimlar qurshovida tark etdi. Hakamga keladigan bo`lsak hakam ushbu
uchrashuvni obyektivlik bilan boshqardi va hammasini tenglashtirib qo`ydi. O`sha
Abedalni chetalshtirilishi-yu, Chelsi foydasiga penalti bermaganligi-yu…
Barselona bugungi
o`yini bilan bo`lmasada, lekin finalga haqli chiqdi deb aytish mumkin.
Darhaqiqat bu voqea ertaklarda ham uchraashi qiyin. Iniesta kecha juda ajoyib o'ynadi. Buni tan olish kerek. Bir qaraseng chap qanotda, bir qaraseng markazda yana bir qaraseng o'ng qanotda o'ynadi. Barselona finalga chiqishga haqli edi. Va chiqdi....
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]