Bu sarlovha faqat OCHL uchun tayyorlangan. Yana o`ylab yurmang milliy chempionatda chempion ekan deb. PFLda hammasi Paxtakor-Bunyodkor o`yinidan so`ng hal bo`ladi. OCHLda esa Paxtakorni o`yini Bunyodkorni o`yinidan anchagini farq qilayapti.
Endi bevosita Paxtakor jamoasi o`yiniga to`htalsak. Ushbu o`yinda ya'ni Paxtakor-Al-Ahli o`yinida Paxtakorchilar birinchi raqam ostida maydonga tushishdi. Ozgina oldinga nazar tashlab gapiradigan bo`lsam, ochig`i mana shu o`yinda Pahtakor yutqazganda edi, Men uchun kutilmagan natija bo`lardi azizlar. O`yin juda mazmunli, ancha maroqli bo`ldi. Nasaf bilan bo`lgan o`yindagi tarkib deyarli o`zgartirilmadi. Aka uka Tojiyevlar (bosh bilan o`ynovchilar) tandemi qisman muvofaqiyatga erishdi. Dast avval kichik Tojiyev ajoyib tarzda boshi bilan zarba berib sal bo`lmasa tezkor gol kiritgan bulardi ammo to`p biroz noto`g`ri ketdi.
Biroz o`tib bizning haqiqiy kelajagimiz deb atalayotgan Sherzodbek Karimov no odatiy va anchagina qiyin zarba yo`lladi, to`pni darvozabon arang qaytarib qoldi va hisob o`zgarmay qoldi. Bu kecha Sherzod bilan yana bir umidli yosh o`yinchimiz Stanislav ancha yorqin o`yin namoyish etib raqiblarini ancha qiynab qo`yishdi. Aynan Stasning o`ng qanotdan oshirib bergan ajoyib pasidan so`ng hisob ochildi. Tojievlar oilasiga odat bo`lib qolayotgan bosh bilan gol urish an’anasi saqlanib qolindi va katta Tojiyev boshi bilan o`z hisobiga OCHLda yana bir gol yozib qo`ydi. U o`ziga xos rekordchilarga yetib olib OChLdagi to`plarini 12 taga yetkazib Anvarjon Soliyev, Koreyalik An Jun Hvan va Kim Don Hunlarga yetib oldi. 1-chi bo`limda boshqa aytarli vaziyatlar bo`lmadi. 2-chi bo`limda esa Pahtakorning vunderkindi ya’ni Aleksandr Geynrih maydonga tushirildi. Bu o`zgarish to`liq o`zini oqladi. Bir ozdan so`ng esa Odil chiroyli tarzda zarba berdi, darvozabon to`pni qaytardi, qaytgan to`pga katta Tojiyev zarba berdi, yana darvozabon to`pni qaytarda yana Stas zarba berdi, bu safar Sashaga tushgan to`p o`z joyini raqib darvozasida topdi 2:0.
Shundan so`ngina Pahtakorchilar biroz o`yinni susaytirishdilar ammo ba`zi ba`zida ancha havfli hujuumlar uyishtirib turdilar. Ayniqsa Serbiyalik legioner Darko Markovich va endi o`z o`yinini topayotgan Suyunov uzoqdan kuchli, anchayin havfli zarbalar berib o`yin intirgasini oshirib turdilar. Yo`qotadigan hech narsasi qolmagan Al-Ahli esa butun to`qson daqiqa ichida bor yo`g`i ikki marotaba hujum qildi. U ham bo`lsa burchak to`plari bilan va eng qizig`i birinchi taymdagani kuzatildi xolos. Ikkinchi taymda esa Nestrov muhlislarga qo`shilib o`yinni tomosha qildi. O`yinda meni bir narsa hayron qoldirdi aniqrogi Suyunov nega yo`q joydan qizil kartochka oldi. Ochigi Suyunovga biroz tushunmadim. Kerakli natijadan so`ng Pahtakorchilar o`z yetakchilariga dam berdi Karimov va Ahmedovlar o`rniga Aliqulov va Inomovlar maydonga tushirildi.
O`yin shu zailda tugadi. Yana bir narsa garchi Pahtakorchilar keyingi bosqich masalasini hal qilishgan bo`lsalarda bu degani birnchi o`rin degani emasdir sababi birinchi o`rin taqdiri ohirgi o`yin natijasiga bog`liq Pahtakorchilar minimum durang o`ynasalar bas birinchi o`rin naqd. Pahtakorchilarga omad tilaymiz.
BUNYODKORDAN FARQLI RAVISHDA JIPSLASHIB O`YNASHDI
====================================================================
====================================================================