Yakshanba ertalab soat 8-9 lar chamasi. Vodiy derbisi. Neftchi-Andijon. O`yin saot kechki 17:30 da. Biz ulfatlar bilan qo`ng`iroqlashib tezroq yig`ilishni harakatida bo`ldik. Sababi o'yinga qiziqish katta edi.
Men o`tgan maqolalarda ham aytib o`tganman, bu o`yinning ahamiyatini, asosiysi “3-shaxslar” ya’ni (qora ranglilar) hakamlardan havotir bor deb. Ochig`i umuman o`yinchilardan havotir yo`q edi. Bunga sabab, Burgutlar besh o`yin ichida mag`lubiyat nimaligini bilmasdan kelayotgandi. Men agar “3-shaxslar” aralashmasalar biz albatta yutamiz deb o’ylagan edim. Bu o`yindan oldin bir narsa qulog`imga chalindi. Ya’ni Fargona muhlislari tomonidan aytilgan gaplar. Esingizda bo`lsa mavsum oldidan Andijon jamoasi, juda shov-shuvli transferlar uyushtirgandilar. O`shani eslab bir Farg`onalik sherigiga aytib berayapti: - Ha bu Andijonlilar shuncha pul sarflayapti uni o`rniga bizga o`xshab o`shancha katta pulni bitta odamga emas bir necha shaxslarga sarflashsa samaraliroq bo`lardi. Bor ana yetti o`yinga 24 ochko bo`ladi nari borib 20 ochko bo`lsin, nu undan farqli ravishda o`yinchi hudo biladi o`ynay oladimi yo`qmi natijasidan ko`ra, naqiga nima yetsin - dedi. Men bu narsaga oshiqcha izoh topa olmadim. Nahotki muhlisni ham ongiga shu narsa singan bo`lsa, tovba unda murabbiyi nima qilayotgan ekan deb o`yladim. Bunisi endi menga qorong`u, bunaqa nola qilmasdan o`yinni to`liq ochib berishga harakat qilaman.
O`yin boshlandi, dastlabki daqiqalar… O`yin Andijonliklar hujumi bilan boshlandi!!! Bizdan farqli ravishda Farg`onalik muhlislar kutmagandi o`yini bunaqa shiddatli bo`lishini. Andijon jamoasi shu kecha g`alaba uchun maydonga tushgani yaqqol bilinib turardi. Lekin kutilmaganda Qarshi hujumdan unumli foydalangan Farg`onaliklar o`yinning 14-daqiqasida himoyachilar va darvozabon hatosidan so`ng hisobni 1:0 ko`rinishiga olib kelib qo`yishdi. Burgutlar bundan havotirga tushmasdan yana oldinga tashlandi, bu esa 30-daqiqaga kelib o`z mevasini berdi. Shuhrat Mirxoldirshoyev V.Klishinga ajoyib tarzda to`pni yetkazib beradi Klishin esa ikki himoyachini ortda qoldirib o`tib darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqadi va darvozaga ajoyib zarba yo`llab hisobni tenglashtiradi. E’tibor bering Mirxoldirshoyev Klishinga to`pni uzatadi va ikki himoyachi orasidan Klishin o`tib ketib, darvozani ishg`ol qiladi… Yuqoridagi gapni bekorga qaytarib yozmayapman, sababi, o`sha vaziyatni 17 000 odam (7000 ga yaqin muxlis Andijonlik edi) bevosita ko`rdi!!! Aynan o`sha vaziyatda qanot hakami (“qahramoni”) ajoyib seyf uyushtirdi va Neftchini muqarrar goldan saqlab qoldi. Men bir narsaga hayron qoldim ya’ni nega bu bola hakamlik qilyapti undan yahshigina darvozabon chiqarkanu, U bo`lsa hakamlik qilib yuribdi. O`zi shundoq ham (darvozobon) hakamlar ko`papyib ketti (ayniqsa no holis hakamlar). Darvozabonlik qilganda so`kish emas aytaylik 7000 odamni nazaridan qolmasmidi… yana bilmadim. O`yinning asosiy holati mana endi boshlanayapti. Hisobga olinmagan haqqoniy goldan so`ng Kamolov o`ng qanotdan yorib kirgan bir paytda Kamolov yiqilib tushadi, kamiga to`p ham Neftchi himoyachisi oyog`idan maydon tashqarisiga chiqib ketadi, hakam esa Neftchi futbolchilaridan chiqib ketgan to`pni yana qaytarib Neftchi futbolchilari o`yinga kiritishi kerakligini ko`rsatadi. Shundan so`ng Farg`ona stadionidagi “qulayliklar” evaziga tribunalarga o`zi shundoq ham zich joylashgan, o`yinni majbur tik holatda ko`rayotgan Andijonlik muhlislar e’tirozlarini bildira ketishdi va o`sha vaziyatga kelib tak-i-tak tirbunaga sig`mayotgan Andijon muxlislari muvozanatni yo`qtib maydonni muhlislardan to`sib turadigan panjaralar tomonga ketib qolishdi… Bu vaziyatda huddi domino o`yiniga o`hshash holat yuzaga kelgan edi. OFK komissarlari tarafidan ruhsat berilgan maydon to`siqlari (reshetkalar) bu “yurish”ga dosh bera olmadi va sinib ketdi. Bir narsaga hayron qoldim ayrim axborot vositalari aytishlaricha muhlislar atayin maydonga tushishga harakat qilishga uringan emish… Agar men ham o`yinga bormasdan aynan o`sha yerda tik oyoqda turmaganimda shu fikrda bo`lardim. Lekin atayin qilinmagandi va axborot vositalarida yoritilganiday bo`lmagandi Yana takrorlayman BO’LAMGANDI. Mayli bunisiga muhlislar rozi bo`lishdi. Aynan shu voqeani deb o`yin 10-15 daqiqa to`htab qoldi. Shundan so`ng hamma narsa tinchidi, o`yin davom ettirildiyu to`htatildi. Biz hayron bo`lib, nima bo`ldi degunimizcha o`yinchilar maydon tashqarisiga yo`l olishdi. Keyin bilsak bu vaziyat 1-taym tugaganligi haqidagi hushtak ekan!!! Buni karang, shunaqasi ham bo`larkan 1-bo`lim 35 daqiqa!!! Bu degani 10 daqiqa va o`yinda ko`p to`htalish bo`lgani uchun yana 3, 4 daqiqa qo`shimcha vaqt qani? -degani. Agar bu narsani o`yindagi holatga chachib chiqsak kamida 10 kombinatsiya degani!!! Undan 4 yoki 5 eng havflisi, undanam muhimi boring anna bitta gol degani edi!!! Aynan shu hodisa tufayli hakamlar Andijonliklarni ko`mib qo`yishdi, ruhan sindirishdi.
2-taymga to`htaladigan bo`lsak bu taymdan yaxshigina nolisak arziydi. Sababi naqd ikki penaltini bermagan va muhlislarni yahshigina “chiroyli” gaplari bilan siylangan A.Muhiddinovni alohida bu taym qahramoni sifatida ko`rsatish mumkin… Bir marotaba Shuhrat ajoyib tarzda raqib jarima maydonida himoyachini ortda qoldirayotgan holatda Neftchi himoyachisi to`pni qo`li bilan o`ynadi! Yana hech qancha o`tmasdan A.Jadigerov huddi shu holatga o`xshash vaziyatda to`pni olib o`tib ketayoganda, yana o`sha o`yinchilar (bolalar) to`pni qo`li bilan o`ynadi!!! O`yining o`rtalariga kelib esa aniqrog`i 53-daqiqada hisob o`zgardi. Yana markaziy himoya pand berdi. Ushbu o`yinga bo`ydor himoyachi A.Isaev maydonga tushirilmadi. Bundan unumli foydalangan bo`yi ham uzun bo`lgan V.Radkeyevich Neftchini yana hisobda oldinga olib chiqdi. Burchak to`pi uzatilgandan so`ng, vaholanki o`sha burchak to`pi ham noto`g`ri edi. Biznikilar emas balki to`p Neftchi o`yinchisi oyog`idan chiqib ketgandi. Bunisini hakam go`yoki ko`rmagandek edi hisob esa 2:0! Andijonlik futbolchilar garchi hisobni tenglashtirishga ishonmagan bo`lsalarda yana oldinga otilishdi! Sababi bunday bo`lishiga hakam ochiqchasiga yo`l qo`ymasdi va qaysidir m’anoda bu narsa o`yin davomida o`z aksini topdi. Bu narsani anglab olish qiyin emasdi, hattoki bosh murabbiy, o`yinchi almashtirmadi, va to`g`ri qildi!!! Nima qiladi almashtirib baribir foydasi yo`q edi. Agar o`yinchi maydonga tushsa ham jarohat olishi hech gap emasdi! To`g`ri o`yinning ohirgi daqiqalarida, I.Tursunov maydonga tushirildi. Bu qaysidir ma’noda umid uchqunlarini uyg`otish maqsadida tushirilgandi. Lekin bu o`yinchi almashtirilishi o`yinga ta’sir qilmadi. Qolgan daqiqalarda esa Nefcthi futbolchilari himoyaga yotib olgan tarzda va Andijonliklarga qo`pol harakat qilib o`tkazishdi
Nahotki hakamlar tarafidan atayin va besh o`yin “tasodifan” Andijonliklarga qarshi yo`naltirilgan bo`lsa. Nahotki 5 o`yinda Andijonliklar “tasodifan” hakamlar qurboniga aylangan bo`lsa???!!! Va aynan o’sha hakamlar “9.0” dan pastiga baxolanmasa?!