Bu sarlavhani o`qib hayron bo`lmang. O`zbekiston terma jamoasi ham o`ynayapti-ku deb. To`g`ri. Lekin anchadan beri faqat rasmiy uchrashuvlar bilan cheklanayogandi terma jamoamiz. Yoki ikki tarkibga bo`linib qizil-sariq kiyimda o`ynashib, mana shu o`rtoqlik uchrashuvlari deb o`ztkazib yuborilayotgandi. www.the-uff.com saytininghabar berishicha O`zbekiston terma jamoasi Bosniya-Gersegovina terma jamoasi bilan o`zaro kuch sinashadigan bo`libdi. O`yin 1--iyun kuni ToshkentdaPahtakor stadionida bo`lib o`tadi. Qizig`i shundaki, Bosniyalik futbolchilarJahon chempionati saralash bosqichining 5-guruhida Ispaniyadan keyin ikkinchi o`rinni ishonch bilan egallab kelishmoqda. Ushbu guruhda shunigdek Turkiya, Belgiya kabi nomdor jamoalar ham bor. Yana bir qizig` tomoni shuki, O`zbekiston futbol federatsiyasi “Terma jamoalar va marketing” boshqarmasi boshlig`i Alisher Nikimbayevning ma’lum qilishicha, bu jamoa bilan muzokaralar bir oyga cho`zilgan va bugungi kunga kelib kelishib olingan. "Nafaqat Bosniya bilan, balki, boshqa terma jamoalar bilan ham muzokaralar olib borildi. Lekin o`zingiz bilasiz bu kelishuvlarda gap bitta o`yin haqida emas balki moddiy va tashkiliy masalalar haqida ham gap ketadi. Aynan shu sabab tufayli boshqa termalar bilan kelishuvlar amalga oshmadi va ushbu muzokaralar ichida aynan eng yaxshi variant bu Bosniyaliklar" -deydi A.Nikimbayev. Hayriyat O`zbekiston terma jamoasi ham biroz kuchli terma jamoa bilan o`ynarkan. Ha aynan shunday jamoalar bilan bo`ladigon o`yinda biz, bizligimizni isbotlaymiz. Terma jamoamizga barcha uchrashuvlarda omad tilab qolamiz...