Yakshanba, 02.02.2025, 08:38 | Welcome Mehmon

WELCOME TO THE SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

Asosiy » 2009 » May » 20 » MAJLISDA: ANDIJON FANATLARI OGOHLANTIRILDI!!!
MAJLISDA: ANDIJON FANATLARI OGOHLANTIRILDI!!!
22:43
      20-may soat 18:00. Andijon. Navro`z stadioni.
     Saytimizda avval habar berib o`tganimzdek, 20-may kuni "Navro`z" stadionida Andijon PFK FAN klub a'zolari, muxlislari, uchun majlis bo`lib o`tdi.
    “Navro`z” stadionidagi majlis ancha jiddiy tarzda boshlandi. Stadionga yomg`ir yog`ib turganiga qaramay majlisga Andijon PFKning 100 ga yaqin muxlislari tashrif buyurdilar va majlisni ohirigacha qimirlamay o`tirdilar (Molotsi). Majlis avvalida o`yinlarda bo`lib o`tayotgan har hil tartibsizliklar va ushbu tartibsizliklarni oldini olish haqida gapirildi. Tartibsizliklarni oldini olishda muxlislarni ham ko`magi zarur ekanligi alohida aytib o`tildi. Zero, habaringiz bo`lsa UFF tomonidan Andijon PFKga muxlislar borasida ogohlantirish e’lon qilingandi.
        Ushbu ogohlantirishga ko`ra Andijon PFKga katta miqdorda jarima solinishi mumkin yoki Andijon uy uchrashuvlarini (nechta ushrashuvgaligi noma’lum) muxlislarsiz bo`m-bo`sh maydonda o`tkazishlari mumkin. Ushbu yig`ilishda tartibisliklar Andijon PFKga va Andijon fanatlariga qimmatga tushishi haqida gapirildi. Agar o`yinlarda tartibsizliklar davom etadigan bo`lsa, Adijon FAN klubi o`z faoliyatini to`htatishi va FAN klub berkitilib tashlanishi mumkinligi haqida muxlislarga ogohlantirish berildi. Tartibsizliklarga birgina misol sifatida Andijon-Bunyodkor o`yinining ohirgi daqiqalarida maydonga yoqqan “o`rindiq suyanchiqlari yomg`iri” e’tirof etildi va ushbu “yomg`ir”dan so`ng stadionda 237ta o`rindiq yangilangani, ushbu o`rindiqlar yangilanishi stadion ma’muriyatiga 5 100 000 so`mga tushgani muxlislarga alohida aytib o`tildi. Muxlislar ham ushbu vaziyatlarda qaysidir ma'noda haqdirlar sababi, ular jamoa uhcun albatta jon kuydiradilar-da... Lekin bu darajaga yetib borish kerak emas!!! Ahir ushbu o`rindiqlarda ertaga o`zimiz yoki akalrimiz yoki ukalarimiz ja nari borsa o`z hamshaharlarimiz o`tiradilar. Majlisdan so`ng muxlislar ham o`zlariga yetarli xulosa chiqarib oldilar.

Undan so`ng yig`ilgan muxlislar Orif Mamatkazin bilan suhbatda bo`lishdi. Suhbatda asosan Andijon PFKni bu yilgi ko`rsatayotgan o`yinlari va natijalari haqida gap ketdi. Orif Mamatkazin bu yilgi o`yinlar haqida gapirar ekan, u bu yil jamoa tarkibi butunlay yangilanganini va o`yindan o`yinga jamoa o`z o`yini va o`rnini albatta topib olishini aytib o`tdi. Shuningdek u o`yindan o`yinga jamoa kuchayib borayotganini, hali  chempionat uchrashuvlari ancha ko`pligini ham qo`shimcha qilib aytib o`tdi. Bundan tashqari Orif Mamatkazin muxlislarni jamoaga to`liq ishonishlarini va jamoani har qanday vaziyatda, barcha uchrashuvlarda tartib saqlagan holda qo`llab quvvatlashlarini so`radi.         Majlis nihoyasiga yetar ekan, yig`ilgan muxlislar Andijonga Muborak shahrida Mash’alga qarshi bo`lib o`tadigan o`yinda omad tilashdi Orif aka ham o`z navbatida muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilishlarini bildirib, yig`ilishni tark etdi.

 

Shunday ekan kelinglar jona-jon Andijonimiz o`yinlarida, tartib intizom saqlagan holda o`z sevimli jamoamizni qo`llab-quvvatlaylik. Butun O`zbek futbol fanatlari ichida eng zo`ri, eng intizomlisi Andijon jamoasi muxlislari ekanligini hammaga butun O`zbekistonga ko`rsatib qo`yaylik!

Toifa: O`zbek futboli | Ko`rildi: 1075 | Ma'lumotni joyladi: fanat_fcandijon | Reyting: 0.0/0 |
Всего комментариев: 2
0  
2 Фанат   (21.05.2009 11:28) [Материал]
Тўгри хурматли мухлислар бундан буёгига футбол курамиз десак тартибли булишимиз керак.Бундан кейин хар уйинда ёнимизда утирган мухлисларни хам тартибга чакириб турмасак булмайди

0  
1 Asaka   (21.05.2009 04:49) [Материал]
Haqiqatda akalar ukalar dostlar kelilar shu majlisdan habardor bolganlar qolganlarga ham etkazilar shu gaplarni. ANDIJONIMIZNI TARTIBLI MUHLIS BOLIB RIVOJLANIB KUCHAYISHIGA OZ HISSAMIZNI QOSHAYLIK. OLGA ANDIJON SEN BARIBIR BOSHQACHASAN, HECH KIMGA OHSHAMEYSAN. OZBEKISTONDA HAMMA SOHADA OLDINDASAN VA SHUNDAY BOLIB QOLASAN. ANDIJONGA VA UNING ASHADDIY MUHLISLARIGA HAMISHA OMAD YOR BOLSIN.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
KIRISH FORMASI
SAYT BO`LIMLARI
PFL [19] O`zbek futboli [9] Jahon futboli [25] Maqolalar [4]
ANDIJON PFK YANGILIKLARI VA JAMOA HAQIDA MAQOLALAR
  • Xorazmda Andijon o'z muxlislarini xursand qila oladimi?.
  • Andijon-Xorazm. O'yin Urganchda bo'lib o'tadi.
  • Qayrat O'taboyev 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
  • Mash'al-Andijon 2:0. Hayr MAMATKAZIN, yohud kim-kimligini ko'rsatdi!!!
  • Maqsad sari olg'a!!!
  • Andijon-Bunyodkor 1:2
  • "NEFTCHI" - "ANDIJON" - 2:0 (1:0). Neftchi g'olib
  • NEFTCHI-ANDIJON o'yini oldidan atroflicha tahlil.
  • MINI-CHAT
    200
    SO`ROVNOMA
    Saytimiz .UZ domenida rasman ish olib borsa, bunga fikringiz.
    Всего ответов: 11
    IZLASH
    KALENDAR
    «  May 2009  »
    DuSeChorPayJumaShanYak
        123
    45678910
    11121314151617
    18192021222324
    25262728293031
    YANGILIKLAR ARXIVI
    STATISTIKA

    On-line bor yo`g`i: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0