Yakshanba, 02.02.2025, 09:08 | Welcome Mehmon

WELCOME TO THE SITE OF ANDIZHAN EAGLES FANS CLUB

Asosiy » 2009 » May » 29 » Bunyodkor davom ettirdi...
Bunyodkor davom ettirdi...
21:58
         

"Ozodi" ko`z yoshlar bilan to`lib ketdi-yov...
==================================================================            
         Klublarimiz Eron jamoalari bilan o`ynayotgan ekan, juda ko`p holarda bu o`yinlarga aynan ozodi stadioni guvoh bo`layapti.Aniqrogi faqat Eronliklarning mag`lubiyat alamini kurayapti.

O`yin boshlandi. “Perepolis” – “Bunyodkor”. Dastlabki daqiqalardan Perepolis jamoasi a’zolari oldinga tashlandilar. Oldinga o`tgan holda shuni aytish mumkinki bu o`yinda “Bunyodkorchilar”ning himoyasi juda tartibli o`ynaganligi sababli dastlabki vaziyatlarda va umuman o`yinda “Perepolischilar” unchalik havfli hujumlar uyushtira olmadilar. “Bunyodkorchilar”ga esa o`z hujumlarida aniqlik yetishmadi. Lekin 41-daqiqaga kelib “Bunyodkor”ning yetakchisi o`z so`zini aytdi. O`ng qanotdan Jasur Hasanov to`pni Braziliyalik Rivaldoga oshirib berdi u ikki himoyachini ortda qoldirib, darvozabon bilan birga-bir chiqib ketayotgan bir vaziyatda, bunga chidolmagan eronliklar,  Rivaldoni ochiqchasiga qo`pollik bilan to`htatib qolishdi. Bunga javoban esa hakam hech ikkilanmasdan penalti belgiladi. Penaltini jabrlanuvchi Rivaldo maromiga yetkazib hisobni ochib berdi. Ana undan so`ng hamma narsa tugadi (albatta Perepolis uchun). O`tkazib yuborilgan goldan so`ng aytarli vaziyatlar bo`lmadi. Birinchi taym shu asnoda tugadi.

Ikkinchi taym ham birnchisiga o`xshash, asosan murabbiylar harakatlari, jon kuydirishlari  (ko`prok bizning murabbiylar) bilan o`tdi. Ayniqsa ikkinchi taymda “Bunyodkor”chilar shunaqangi himoyalanishdiki, hatto Chelsi va Barsaning ikkala o`yinida ham Chelsi bunchalik ishonch bilan himoyalanmagandi. Ha bu kecha Ali Karimi shunaqa qiynaldiki, shunaqa zarbalar yo`llashga harakat qildiki, barchasi besamar ketdi. Ko`proq Bunyodkorning mudofaasi ushbu vaziyatlarda o`z so`zini aytdi. Shu tariqa Ozodi yana bir bor 95 ming muxlis ko`z o`ngida tarihiy mag'lubiyatga guvoh bo`ldi…

 

«PERSEPOLIS» (Tehron, Eron) - «Bunyodkor» (Toshkent, O`zbekiston) - 0:1

 Gol: Rivaldo 41.

 Ogohlantirishlar: Nibiulloh Baqiriho 41, Alirizo Nekbaht 88 - Server Jeparov 43, Ulug`bek Baqoyev 63, Murod Zuhurov 83, Edson Ramos 90+3

 "Persepolis": Misoq Mamarzoda, Sepehr Haydariy, Alirizo Muhammad, Nibiulloh Baqiriho, Ali Karimi, Muhsin Haliliy, Alirizo Nekbaht, Mo`ytaba Shiriy (Ivan Petrovich 75), Peyman Nuriy, Bahodir Abdiy, Farhod Hayrxoh (Fahim Mansuriy 71, G`ulomhussayn Badamakiy 79).

 Bunyodkor: Murod Zuhurov, Gochkuli Gochkuliyev (Bahtiyor Ashurmatov 23), Anvar G`ofurov, Edson Ramos, Aleksandr Hvostunov (Ruslan Melziddinov 79), Aziz Haydarov, Timur Kopadze, Jasur Hasanov, Server Jeparov, Rivaldo, Ulug`bek Baqoyev (Anvar Soliyev 74)

 Hakamlar: Kim Dong Jin, Yun Jongbok, Yang Byong Jun, Choy Myung Yong (barchasi Janubiy Koreya)

Komissar: Mazen Ramazon (Livan)

Nazoratchi: Hussayn G`adonfariy (Quvayt)

2009 yil 27 may. Tehron. "Ozodiy. 95225 tomoshabin.

==================================================================

   


 












BUNYODKORCHILAR KO`P JABHADA USTUNLIK QILISHDI, AYNIQSA HIMOYADA!!!

==================================================================
==================================================================

   

















MANA SHU BOLA KO`P ISHNI AMALGA OSHIRDI

==================================================================

 Yusupov Murod tayyorladi.

Toifa: O`zbek futboli | Ko`rildi: 1058 | Ma'lumotni joyladi: MuraDik_Admin | Reyting: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
0  
1 boburchik   (31.05.2009 19:06) [Материал]
Ha Bunyodkorri ishi endi yurishvotti shekilliii!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
KIRISH FORMASI
SAYT BO`LIMLARI
PFL [19] O`zbek futboli [9] Jahon futboli [25] Maqolalar [4]
ANDIJON PFK YANGILIKLARI VA JAMOA HAQIDA MAQOLALAR
  • Xorazmda Andijon o'z muxlislarini xursand qila oladimi?.
  • Andijon-Xorazm. O'yin Urganchda bo'lib o'tadi.
  • Qayrat O'taboyev 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
  • Mash'al-Andijon 2:0. Hayr MAMATKAZIN, yohud kim-kimligini ko'rsatdi!!!
  • Maqsad sari olg'a!!!
  • Andijon-Bunyodkor 1:2
  • "NEFTCHI" - "ANDIJON" - 2:0 (1:0). Neftchi g'olib
  • NEFTCHI-ANDIJON o'yini oldidan atroflicha tahlil.
  • MINI-CHAT
    200
    SO`ROVNOMA
    Saytimiz .UZ domenida rasman ish olib borsa, bunga fikringiz.
    Всего ответов: 11
    IZLASH
    KALENDAR
    «  May 2009  »
    DuSeChorPayJumaShanYak
        123
    45678910
    11121314151617
    18192021222324
    25262728293031
    YANGILIKLAR ARXIVI
    STATISTIKA

    On-line bor yo`g`i: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0