BU PAHTAKOR-79 MI?
===================================================================
O`zbek jamoalari ichida eng ko`p jabr ko`rgan jamoa, Pahtakor bo`lsa kerak…Garchi g`alaba qozongan bo`lsalarda. Sababi bu o`yin deyarli YCHL finali bilan bir vaqtga to`g`ri keldi va bu vaqt tabiy ravishda Pahtakor o`yini qolib YCHL finaliga bor e’tiborlarini qaratishdi. Hatto
barcha o`yinlar tugandan so`ng bir do`stim menga qo`ng`irok qilib, "Pahtakor yutkazib
qo`ydiku"- dedi… ichida ko`p muhlislar
Lekin ko`rib turibsiz juda havfli raqibga qarshi
Pahtakorchilar yaxshigina dastak bo`la oldilar. Bu raqib ya’ni Al-Ittifoq
shunaqangi havfli ediki, hatto, esingizda bo`lsa aynan ular bizning boshqa bir
jamoamizni yer tishlatgandilar, bu Bunyodkor edi. Bunyodkordan farqli ravishda Pahtakorchilar juda bosiq o`ynadilar.
Birinchi taym o`rtalariga kelib, Al-ittifoq
hujumchisi Prins Tagoe juda hafvli o`yinchiga aylanib borardi. Pahtakor
darvozasiga kirtilgan goldan sal oldin, naqd ikki marotaba Nesterov uning
zarbalarini qiyinchilik bilan qaytargandi. Biroq 33-daqiqaga kelib yana o`sha
Prins o`zini ko`rsatib o`z so`zini aytdi va qaysidir ma’noda Al-Ittifoq hamma
narsaga nuqta qo`ygandek manzara vujudga keldi (lekin Pahtakorchilar bunga rozi
emasdilar). Bu manzara 78-daqiqagacha davom etdi bu haqida keyinroq. Goldan so`ng
V.Jalilov o`ziga hos o`zgartirish kiritdi o`yinni ancha sust o`tkazayotgan G.O`runov
O`rniga yosh umidli yarim himoyachi Sh.Karimov maydonga tushirdi. 43 daqiqadan
e’tiboran arablarning hurmacha qiliklari boshlandi!!! Bunga chiday olmagan Farxod
raqibiga qo`pollik qildi va sariq kartochka bilan siylandi. Shunda so`ng esa Farxod Tojiyev katta ya’ni
Zayniddin Tojiyevga almashtirildi. Birinchi taymning qolgan vaziyatlarida aytarli
vaziyatlar bo`lmadi va jamoalar tanaffusga yo`l oldilar.
Ikkinchi
taym ham biz qo`rqqan va hozirda Arab futbolchilarining g`alaba qozonayotganda
odatlariga aylanib bo`lgan, ya’ni, arab futbolchilarining yonidan o`tib
ketsangiz ham yiqilib tushadigan qiliqlari simulyatsiyalar bilan boshlandi va
bu 78-daqiqagacha tinmasdan davom etdi. Bu yo`l bilan Arablar o`yinni deyarli bo`g`ib
qo`ydilar. Lekin Pahtakorning joniga oro kirgan katta Tojiyev 78-daqiqaga kelib
Arablarni uyg`otib yubordi (molodets). Himoyachimiz Boyan Miladinovich
tomonidan oshirib berilgan to`pni u aniq zarba bilan o`z nihoyasiga yetkazdi va
hiosb endi 1:1 bo`ldi!!!
Shundan so`ng Pahtakor o`zini o`nglab, juda
tetik holatga keldi va goldan ruhlanib ketib ketma-ket hujumlar uyushtira ketdi.
85-daqiqa Pahtakorni S.Andreev hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi,
lekin… Yana
bir vaziyatda esa I.Suyunov shu ishni amalga oshirmoqochi edi, lekin…
O`yin ohiriga kelib baribir Pahtakor o`z so`zini
aytdi. Pahtakordan A.Soliyev ketgandan so`ng uning ishini, ya’ni, “oltin tayoqcha”
vazifasini bajarishga harakat qilayotgan A.Geynrih (Sasha) maydonga tushirildi. Biroz oldinga o`tgan
holda shuni aytish kerakki, ko`p o`tmay Sasha o`z so`zini aytdi va “oltin
tayoqcha” vazifasini a’lo darajada bajardi. Bu o`zgartirish to`laqonli o`zini oqlagandi.
O`yinning 90+3-daqiqasiga kelib Al-Ittifok o`z jarima maydonchasi yaqinida
Pahtakorchilarni qo`pollik bilan to`htatib qolishdi. Aytish lozimki zarba
yo`llash uchun bu juda nokulay nuqta edi. Lekin shunga qaramasdan Geynrih jarimi
to`pini a’lo va o`ta kuchli zarba bilan amalga oshirdi. Hisob 1:2. Shundan so`ng qaysidir m’anoda Osiyo
miqyosidagi musobaqalarda O`zbekistondan fantastik uchlik vujudga keldi. Bundan
avval esa Neftchi, Bunyodkor g`alaba qozonib keyingi bosqichga yo`l olgandilar.
Pahtakor ham o`z muhlislari joniga oro kirib, keyingi bosqicha yo`l oldi.
Yana ikki ma’lumotga e’tiboringizni qaratmoqchiman shu kungacha
O`zbek jamoalari Saudia jamoalarini o`z ujyarida Arabistonda, taslim qila olmayotgandilar.
Pahtakor ha aynan “Sherlar” biz uchun
noxush bo`lgan bu an’anaga barham bera oldilar.
Yana bir
muhum jihat Zaynidin Tojiyev OCHLning yaqqol to`p urariga aylanib oldi. Uni
hisobida jami 13 gol mavjud.
>==================================================================